13:00 / 16.05.2023
250

Omega-3: Nima uchun baliq yog‘ini hamma iste’mol qilishi kerak?

Omega-3: Nima uchun baliq yog‘ini hamma iste’mol qilishi kerak?
Bugungi kunda har kimga baliq yog‘ini ichish tavsiya etiladi. Aniqrog‘i, omega-3 va omega-6 yog‘ kislotalarini qabul qilishni. Baliq va dengiz mahsulotlarini iste’mol qilmaydiganlar ba’zida hayron bo‘lishadi: miya oxir-oqibat baliqni sevib iste’mol qiluvchilarnikidan yomonroq ishlaydimi?  Bu haqda quyida batafsil javob topasiz.
 
Eng muhimi, organizm uchun zarur bo‘lgan hamma narsani o‘z ichiga oladigan mahsulotlarni topishdir. Yog‘ kislotalari yetishmasligi sabab miya yillar davomida vazifasini to‘laqonli baja olmasligi mumkin: xotira va diqqat bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ladi.
 
Vegetarianlar va baliqni iste’moli qiyin bo‘lgan hududlarda yashovchilar yong‘oq va urug‘larni ratsionga kiritish orqali vaziyatdan chiqib ketadi. Ular shu tariqa yog‘ kislotalarini va boshqa oziq-ovqatlardan D vitaminini oladi.
 
Nima uchun bu elementlar nihoyatda muhim? Omega-3 kayfiyat va diqqatni nazorat qilishga yordam beradi, Alsgeymer kasalligi va boshqa xotira muammolari rivojlanishining oldini oladi. D vitamini charchog‘ga qarshi kurashadi va immunitet tizimini mustahkamlaydi.
 
Omega-3 yog‘ kislotasini finduk yong‘og‘i, kungaboqar va chia urug‘laridan, shuningdek, vitamin qo‘shimchalaridan olishingiz mumkin. D vitamini tuxum sarig‘i va sut tarkibida uchraydi.
 
Lekin, baliqni muntazam iste’mol qilish orqali bularning ikkisini ham birvarakayiga qabul qilish mumkin. Agar bu siz uchun qiyinlik qilsa, baliqning har xil turlarini iste’mol qiling. Xohishga qarab uni turli retseptlar asosida xilma-xil ziravorlar qo‘shib pishirib, qaynatib yoki grillda tayyorlab ko‘ring. Natijada, siz nafaqat o‘zingiz uchun yangi lazzatlar turini kashf etasiz, balki organizmingizga juda ko‘p foydali moddalarni ham berasiz!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Omega-3: Nima uchun baliq yog‘ini hamma iste’mol qilishi kerak?