267
Buni bilishingiz kerak: Muzqaymoq tarkibidagi eng xavfli tarkibiy qismning nomi nima?
Foto: The Voice Mag
Muzqaymoq tanlashda uning yorlig‘iga e’tibor berishingiz va ushbu xavfli tarkibiy qismni o‘z ichiga olgan shirinliklardan qochishingiz kerak. Buning o‘rniga sun’iy konservantlar va bo‘yoqlar qo‘shilmagan, tabiiy ingrediyentlardan tayyorlangan muzqaymoq tanlang, deb yozadi The Voice Mag nashri.
Muzqaymoqni yaxshi ko‘ramiz, ayniqsa, issiqda. Ammo ba’zi shirinliklar uzoq muddat turib qolsa, sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin va bunga transyog‘lar sabab bo‘ladi.
Transyog‘lar — suyuq yog‘larni gidrogenlash jarayoni orqali qayta ishlanganida ularning tuzilishini o‘zgartiradigan yog‘larning bir turi. Transyog‘lar oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash muddatini oshiradi va ularning tuzilishini yaxshilaydi, shuning uchun oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashda keng qo‘llaniladi. Biroq transyog‘lari yurak kasalliklari, diabet, semizlik va boshqa jiddiy kasalliklar uchun asosiy xavf omilidir.
Muzqaymoq tarkibida ham transyog‘lar bo‘lishi mumkin. Afsuski, ishlab chiqaruvchilarning hammasi ham shirinlikni faqat qaymoq va shakar asosida tayyorlashni birlamchi hisoblamaydi.
Muzqaymoq tarkibida transyog‘lar borligini mahsulot yorlig‘idagi ingrediyentlar ro‘yxatini o‘qib bilib olsa bo‘ladi. Transyog‘lar “qisman vodorodlangan yog‘lar” yoki “vodorodlangan yog‘lar” deb nomlanishi mumkin.
Bundan tashqari, transyog‘lar “tozalangan yog‘lar”, “qattiq yog‘lar” yoki “o‘zgartirilgan yog‘lar” kabi sifatlar ostida niqoblangan bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Elektrdan foydalanib pulini to‘lamagan fermer xo‘jaligining kombayni xatlab qo‘yildi
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi