date

Amerikalik blogerlar Samsung Galaxy va iPhone smartfonlariga qarata o‘q otishdi

Amerikalik blogerlar Samsung Galaxy va iPhone smartfonlariga qarata o‘q otishdi

Apple kompaniyasining mahsulotlari haqida videolar yuklaydigan EverythingApplePro blogining YouTube kanalida Samsung va iPhone smartfonlarining mustahkamligi ustida o‘tkazilgan tajribaning videosi paydo bo‘ldi, deyiladi "Kun" nashrida. Bu tajribaning videosi 22 iyunda yuklangan bo‘lib, bir kun ichida uni yarim million foydalanuvchi tomosha qilgan.

Videoda taxta ustiga ettitadan Samsung Galaxy va iPhone o‘rnatilgan. Keyin esa smartfonlarga qarata o‘q otilgan. Birinchi marta blogerlar har bir qatorga bittadan o‘q otib solishtirib ko‘rishgan. Shunisi aniq bo‘ldiki, iPhone kamroq zarar ko‘rgan: oxirgi qatorda turgan smartfon ikkinchi o‘qdan so‘ng ham ishlashni davom ettirgan. Tajribaning oxirida esa blogerlar qiziqish maqsadida qolgan gadjetlarni har xil avtomatik qurollardan otib ko‘rishgan.






Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Foydali » Amerikalik blogerlar Samsung Galaxy va iPhone smartfonlariga qarata o‘q otishdi