Mutaxassis chaqaloqlar borasida muhim tavsiyalarni taqdim etdi

1 daqiqa o'qish210
Mutaxassis chaqaloqlar borasida muhim tavsiyalarni taqdim etdi

Yangi tug‘ilgan bolaning suyagi mo‘rt bo‘ladi. Ozgina ehtiyotsizlik ham unda tuzatib bo‘lmas asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, jazirama kunlarda chaqaloqning bosh sohasi jiddiy e’tibor talab qiladi.

— Yangi tug‘ilgan go‘dakning bosh chanog‘i bir nechta o‘zaro birikmagan suyaklardan iborat bo‘ladi, — deydi pediatr Shozoda Karimova. — Ushbu suyaklar orasida yumshoq joylar, ya’ni liqildoqlar borligini sezish mumkin.

Ular bola tug‘ilishi va tashqi muhitga moslashishida muhim o‘ringa ega.

Birinchidan, bosh liqildoqlari tug‘uruq jarayonini osonlashtirib, bolaning qo‘shimcha xavfsizligini ta’minlaydi.

Tug‘uruqdan so‘ng vaqt o‘tib bolaning boshi asl shakliga qaytadi.

Ikkinchidan, liqildoqlar tabiiy amortizator bo‘lib xizmat kiladi. Bolaning boshiga biror narsa tegib ketsa, u zarb kuchini kamaytiradi.

Chaqaloqlarda kattalardan farqli o‘laroq tana harorati muvozanatini saqlash tizimi hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Liqildoqlar esa bu tizim vazifalarining bir qismini o‘z zimmasiga oladi.

Bundan tashqari, go‘dakning tana harorati ko‘tarilganda liqildoqning yupqa membranasi miyani tabiiy holatda sovutadi.

Bola chinqirib yig‘laganda liqildoq sal shishadi.

Ichiga botgan liqildoq esa odatda organizm suvsizlanganidan darak beradi. Bu holat kuchli ich ketishi yoki qusish oqibatida yuzaga keladi. Bunday holatda darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

Ota-onalar bolada liqildoqning bitishiga alohida ahamiyat berishlari lozim. Bunda go‘dakning yoshiga muvofiq tana og‘irligi va boshining umumiy aylanasi ham hisobga olinishi muhim. Liqildoqning bitish muddati 3 oydan 24 oygacha, ba’zan undan ortiq vaqtgacha o‘zgarib turadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?