14:45 / 11.07.2023
170

Jahon yulduzlarining farzand tarbiyasi borasidagi tavsiyalari

Jahon yulduzlarining farzand tarbiyasi borasidagi tavsiyalari

Ota-ona bo‘lishni haqiqiy baxt deyish mumkin. Shu bilan birga uning mas’uliyati ham katta kuch talab qiladi. Sababi siz har bir daqiqada ma’naviy va jismoniy resurslarni farzandlaringiz uchun sarflashingiz, ularni eng yaxshi narsalar bilan ta’minlashingiz kerak. Mashhurlar ham o‘z farzandini tarbiyalashda bir qancha tavsiyalarga amal qiladi. Ular o‘z avlodlarining kelajagi haqida qayg‘urib, munosib va ​​mehribon insonlarni tarbiyalashga harakat qiladi.

Uill Smit

Aktyor ko‘plab ota-onalarning xatosi kattalar bolalardan juda ko‘p narsalarni kutishida deb biladi. Ota-onalarning fikri farzandinikidan mutlaqo farq qilishi mumkin.

Rafiqam bilan men do‘st bo‘lishni va farzandlarimizga yordam berishni afzal ko‘ramiz. Ular o‘zlarining har qanday tashabbuslarida yordam bera olishimizni his qilishlari biz uchun muhim. Bizning maqsadimiz ularning tanloviga hech qanday tarzda xalaqit bermasligi kerak”, — deydi Uill.

Foto: Harper’s Bazaar

Lyusi Lyu

Mashhur aktrisa Lyusi Lyu 2015-yilda ona bo‘ldi. U o‘g‘lini yolg‘iz tarbiyalaydi. Shu bilan birga, Lyusi hech qachon yaqinlaridan yordam so‘rashdan uyalmaydi, u buni normal holat deb hisoblaydi.

Menda hech qachon hamma narsani o‘zim qilish ‘moda’ bo‘lmagan. Men uchun farzandim qulay sharoitda bo‘lishi muhim”, — deydi aktrisa intervyusida.

Foto: Harper’s Bazaar

Dueyn Jonson

Dueyn Jonson barcha ota-onalarga farzandlarining yoshligidan birga bo‘lishni va ular bilan birga o‘ynash imkoniyatidan foydalanishni tavsiya qiladi.

Qizim ertalab meni uyg‘otib, o‘yin o‘ynashga chaqira boshlaganini eslayman. Men og‘ir o‘tgan suratga olish jarayonlaridan keyin atigi kuniga uch soat uxlardim. Keyin o‘yladim, bir necha yil ichida u katta insonga aylanadi. Bunchalik epchillik bilan mening quchog‘imga sakrab tushmaydi. Men u bilan vaqt o‘tkazish imkoniyatini qo‘ldan boy bermayman”, — deydi Rok Instagram’dagi sahifasida.

Foto: Harper’s Bazaar

Kortni Kardashyan

Serfarzand televideniye xodimi, o‘zining tig‘iz turmush tarziga qaramay, juda jiddiy va mas’uliyatli ona hisoblanadi. “Kardashyanlar oilasi” shousining epizodlaridan birida Kortni o‘zining singlisi Kayliga farzand tarbiya qilish borasida qimmatli maslahatlar bergan.

Har doim bolaning his-tuyg‘ularini gapirish va muhokama qilish muhim. Unga his-tuyg‘ularni his qilish yaxshi ekanini aytishingiz kerak. U buni qilishga haqli”, — deydi Kortni.

Foto: Harper’s Bazaar

Kayli Jenner

Kayli Jennerga opasining maslahati foydali bo‘ldi. Biroq model Stormini tarbiya qilish jarayonida yana bir muhim maslahatga amal qiladi.

Qizim dunyoga kelishi bilan men atrofimdagi insonlarni saralaydigan bo‘ldim. Shuning uchun, hozir yonimda faqat kuchli va muvaffaqiyatli insonlar bor. Ishonchim komilki, Stormi ularga xuddi shunday qaraydi. Axir, kattalar bolalarga o‘rnak bo‘lishi kerak”, — deydi model.

Foto: Harper’s Bazaar

Jennifer Garner

Mashhur juftlik farzand tarbiya qilish borasidagi foydali maslahatlarni muxlislariga taqdim etib boradi. Biroq, Jennifer Garner bolalarni tarbiyalashda aniq qoidalar yo‘qligi haqida fikr bildirgan.

Siz bir nechta kitoblarni o‘qishingiz, mukammal ota-onani yaratadigan kurslarga borishingiz mumkin, biroq keyinchalik bularning ko‘pi ish bermasligini tushunasiz. Chunki barcha bolalar har xil. Shuning uchun siz shunchaki dam olishingiz kerak”, — deb maslahat beradi Garner.

Foto: Harper’s Bazaar

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Jahon yulduzlarining farzand tarbiyasi borasidagi tavsiyalari