Qarishni sekinlashtiradi: 40 yoshdan oshgan barcha ayollar uchun hamyonbop sabzavotlar
Surunkali yallig‘lanish inson organizmida jiddiy muammo tug‘diradi. Uning o‘choqlari stress, zo‘riqish, spirtli ichimliklarni haddan tashqari iste’mol qilish tufayli paydo bo‘ladi. Agar bularni e’tiborsiz qoldirsangiz va ichki mikroyallig‘lanishlar kuchayishining oldini olmasangiz, bu autoimmun va kardiologik kasalliklarning kuchayishiga olib kelishi mumkin. Surunkali yallig‘lanish ham qarishni tezlashtiradi va sog‘lom metabolizmga xalaqit beradi. Ammo muvozanatli, to‘g‘ri ovqatlanish vaziyatni normallashtirishga yordam beradi.
Sabzi
Sabzi beta-karotinga boy bo‘lib, organizm A vitamini hosil qilish uchun foydalanadi, bu yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. A vitamini suyak va terining salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi. Inson keksaygan sari uni yetarli darajada olishi nihoyatda muhim. E’tiborli jihati: A vitamini yog‘da eriydi, shuning uchun stressni kamaytirish xususiyati bilan mashhur bo‘lgan sabzi sharbati qaymoq bilan ajoyib kompozitsiya hosil qiladi.
Ham xom, ham termal qayta ishlangan sabzi juda foydali, lekin qaynatilgan ildiz sabzavotlarning glikemik indeksi juda yuqori ekanligini unutmang.
Sarimsoq piyoz
Sarimsoq tarkibida mavjud bo‘lgan organik (unga o‘ziga xos ta’mini beruvchi) birikmalar immunitetingizni oshirish bilan birga ba’zi saraton kasalliklarining rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Brokkoli va gulkaram
Albatta, xom karamning nordon ta’mga ega ekanligini bilasiz. Bunga yallig‘lanishga qarshi kuchli ta’sirga ega maxsus polifenollar javobgardir.
Brokkoli C-reaktiv oqsillarni, yallig‘lanish belgilarini kamaytirishda samarali. Yashil karam juda foydali va yallig‘lanishga qarshi bo‘lgan tabiiy antioksidantlar sulfurofanlarga boy. Brokkolida, shuningdek, kalsiy, kletchatka va ko‘p miqdorda suv mavjud. Bu ham uning yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Umuman olganda, qarishni sekinlashtirmoqchi bo‘lsangiz va sog‘lig‘ingizni uzoqroq muddatga saqlamoqchi bo‘lsangiz, karamga tayanishingiz mumkin!
Kartoshka
Ha, g‘alati, ammo hamma uchun eng sevib iste’mol qilinadigan kartoshka surunkali yallig‘lanishni yengillashtiradigan va qarishni sekinlashtiradigan oziq-ovqatlar qatoriga kiradi.
Kartoshka kletchatka, kaliy va C vitaminiga boy. Kaliyning yuqori miqdori tufayli ildiz mevasi xolesterin va qon bosimini pasaytiradi, qaynatilgan yangi kartoshka esa revmatoid artrit bilan og‘riganlar uchun foydalidir — ular og‘riqni kamaytiradi. Asosiysi, toza ildiz mevalarni tanlashdir.
Yashil bargli sabzavotlar
Past kaloriyali ko‘katlar stress va yallig‘lanishga qarshi asosiy kurashchi hisoblanadi. Tarkibida ko‘plab antioksidantlar va polifenollar, shuningdek, temir, kaliy, magniy, A, C, E vitaminlari va boshqalar mavjud. Har bir ovqatni salat bilan birga iste’mol qiling — bu sizni ozuqaviy moddalar bilan ta’minlaydi va qo‘shimcha ravishda oshqozoningizni to‘ldirish orqali ortiqcha ovqatlanishdan saqlaydi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring