Biz ko‘p unutadigan narsalar

Har tong ishga shoshayotib, uyda nimanidir esdan chiqarib qoldirgandek tuyilaveradi: «Dazmolni o‘chirganmidim, gazni-chi, eshikni qulfladim, lekin keyin kalitni oldimmi?..» Bu hammada kuzatiladigan holatlar, albatta. Mutaxassislar odamlar eng ko‘p yoddan chiqaradigan narsalarni hisoblab chiqishibdi. Qiziq, ular nimalar ekan-a?
Qariyb 15 million kishi o‘zi uchun damlab, piyolaga quyib qo‘ygan choyni unutib qo‘yar ekan. Xuddi shuncha odam mashina yoki uyning kalitini qaerga qo‘yganini esdan chiqarar ekan. 12 million kishi esa do‘konga kirib, aslida nima xarid qilishga kelishganini eslay olmaydi, yana shuncha odam yuvilgan kiyimni kir yuvish mashinasidan olishni yoddan chiqaradi.
Ko‘pchilik odamlar o‘z pin-kod va parollarini, muzlatgichdan ovqatni olish kerakligini hamda qo‘l telefonini zaryad oldirishni unutib qo‘yishadi.
Tadqiqotlar erkaklar ayollarga qaraganda biroz parishonxotirroq ekanligini ko‘rsatgan. Ko‘pchilik muhim voqea yoki sanani unutib qo‘ymaslik uchun uyining turli erlari, kalendarga uni katta xarflar bilan yozib yoki qo‘l telefoniga eslatma qilib qo‘yadi.
Eng ko‘p yoddan chiqadigan narsalar ro‘yxati:
1. Choyni qaynoqligida ichishni
2. Kalitni qaerga qo‘yganligini
3. Do‘konga aslida nima uchun borganligini
4. Kir yuvish mashinasidan kirlarni olishni
5. Muzlatgichdan ovqatni olishni
6. Qo‘l telefonini zaryad oldirishni
7. Bolalar oldida so‘kinmaslikni
8. Mashinani qaerga qo‘yganini
9. Do‘stlar yo qarindoshlar tug‘ilgan kunlarini.
Manba: DiydorAziz.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing