21:30 / 20.02.2024
317

Mashina old oynasi sovuqdan muzlab qolsa, uni qanday tozalagan ma’qul?

Mashina old oynasi sovuqdan muzlab qolsa, uni qanday tozalagan ma’qul?
Foto: AdMe
Tashqari qanchalik sovuq bo‘lmasin, yo‘lga chiqishga qanchalik shoshilmang, muzlagan old oynani tozalash birinchi galda qilinadigan ish bo‘lishi kerak. Gap shundaki, oynalari muzlagan mashinani haydash xavfli. Old oynadagi muz ko‘rish qobiliyatini buzadi va bu baxtsiz hodisaga olib kelishi mumkin, shuning uchun keyinchalik mashinani ta’mirlashga vaqt va pul sarflagandan ko‘ra, oynalarni tozalashga erinmagan ma’qul.

Oynani qizdirish
Hozirda ko‘plab zamonaviy avtomobillar zavoddan oyna isitish kabi foydali funksiya bilan ishlab chiqarilmoqda. Gap old oynaning butun maydonini isitish haqida ketganda bu muzdan tozalash uchun foydali va qulay yechim bo‘la oladi. Bu mashina oynasidagi muzni tez va ortiqcha harakatlarsiz eritish imkonini beradi.

Salon pechkasi
Agar hamma mashinalarda oyna qizdirish funksiyasi bo‘lmasa, har bir mashinaning, albatta, pechkasi bor. Dvigatelni ishga tushiring, pechkani yoqing va havo oqimini ko‘rishga to‘sqinlik qilayotgan muzlagan old oynaga yo‘naltiring. Bu holatda bir nechta nyuanslar mavjud. Birinchidan, dvigatel qizib, issiq havo chiqarishi uchun vaqt kerak. Ikkinchidan, pechkani maksimal darajada yoqmang va oynalarni minimal darajada qizdiring. Uchinchidan, iliq havo ta’minotini asta-sekin oshiring — haroratning keskin o‘zgarishi tufayli muzlagan old oyna issiq havo oqimiga bardosh bera olmay, yorilishlarga olib kelishi mumkin.

Aralashmalar

Foto: AdMe
Avtomobil do‘konlari old oynadagi muzni eritish uchun turli xil suyuqliklar va spreylarning keng assortimentini taklif qiladi. Ammo yaqin atrofda bunday kimyoviy vositani sotib oladigan joy bo‘lmasa, uni o‘zingiz tayyorlashingiz mumkin. Avtomobil oynasidagi muzni eritishga yordam beradigan samarali vosita suv va tuz aralashmasidir (eritmani kuchliroq qilgan ma’qul, avval oz miqdorda qo‘llab ko‘ring, korpus va oyna tozalagichlarga tushmasligiga ishonch hosil qiling), suv va spirt (2 hissa spirt va 1 hissa suv), yanada yaxshi samara berishi uchun bir tomchi oddiy idish yuvish vositasi yoki suv va sirka (3 hissa sirka va 1 hissa suv) qo‘shish mumkin — agar mashinangizni avtoturargohga qo‘yishdan oldin oxirgi aytilgan aralashma bilan oynalarni arsangiz, samarasi yaxshiroq seziladi.

Noldan past haroratlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan avtomobil oynasini yuvish vositasini muzlagan old oynaga purkashingiz mumkin. Aytgancha, old oynani yuvish uchun idishga spirtli suyuqlik qo‘shish ham mumkin — bu aralashmaning samaradorligini oshiradi va mashinaning muzlagan old oynasini eritishga yordam beradi.

Oynalarni muzlashdan saqlash yo‘llari

Foto: AdMe
Old oynadagi muzni eritgandan ko‘ra uning shu holga kelmasligiga yo‘l qo‘ymaslik osonroq. Buning uchun mashinani avtoturargohga qo‘yishdan oldin bir necha tavsiyalarga amal qilish lozim:
  • Manzilga yetishga bir necha daqiqa qolganda pechkani butunlay o‘chiring yoki sovuq havo chiqarish rejimiga o‘tkazing. Bu mashina va ko‘chadagi haroratni oz bo‘lsa-da tenglashtiradi, natijada oynalar kamroq muzlaydi. Bunday holda muzlagan oynani tozalash shart emas.
  • Old oynani mato bilan qoplab chetlarini eshiklarga qistirib qo‘yish ham mumkin. Mashina oynalari tez-tez muzlab qolsa, bunday usul samarali vosita bo‘ladi.

Oynalar muzlaganda nima qilmaslik kerak?
Yo‘lga chiqishga shoshib turgan bo‘lsangiz ham, mashinangizning old oynalari muzlab qolgan bo‘lsa, hech qachon quyidagi amallarni bajarmang:
  • Oynaga issiq suv sepish. Bu usul, albatta, old oynadagi muzning tezroq erishiga imkon beradi, lekin ayni paytda haroratning keskin o‘zgarishi natijasida paydo bo‘ladigan yoriqlarga olib keladi.
  • Agar old oyna muzlagan bo‘lsa, kurakchadan yoki qo‘l ostingizda bo‘lgan boshqa asboblardan foydalanish samarasiz bo‘ladi. Bu bilan oynani tirnab qo‘yishingiz va uning xizmat qilish muddatini qisqartirishingiz mumkin.


Foto: AdMe

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Mashina old oynasi sovuqdan muzlab qolsa, uni qanday tozalagan ma’qul?