Stress paytida inson o‘zi uchun yoqimli biror ish qilishga majbur qiladigan himoya mexanizmi faollashadi. Eng ko‘p uchraydigani ovqatni ortiqcha iste’mol qilishdir.
Asablar charxlangan vaqtda nega aynan shirinliklar ko‘p yeb qo‘yamiz? Uzoq vaqt davomida stressda bo‘lgan inson organizmda glyukoza va insulin miqdori ko‘proq ishlab chiqariladi va natijada organizmda shirinlikka kuchli istak paydo bo‘ladi. Keyinchalik ortiqcha muammolar — ortiqcha vazn, husnbuzarlar, kariyes kabilar yuzaga keladi.
Foto: Mavink
Stressni kamaytiradigan, sog‘liqqa zarar yetkazmaydigan, foydali mahsulotlar ham mavjud. Shu sababli asabiylashgan paytingiz quyidagi keng tarqalgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilishingizni tavsiya etamiz.
Apelsin
Tarkibi C vitaminiga boy bo‘lgan ushbu sitrus meva nafaqat viruslardan qutqarib, qon bosimini mo‘tadil saqlaydi, balki yomon kayfiyatdan ham xalos etadi.
Losos balig‘i
Losos balig‘i oqsil, omega-3 yog‘ kislotalari, B guruh vitaminlari, sink va D vitaminining manbai hisoblanadi. U kayfiyatni ko‘tarib, shirinlikka bo‘lgan ishtiyoqni kamaytiradi. Sardina va forel ham xuddi shunday ta’sirga ega.
Yeryong‘oq
Yeryong‘oq tarkibida ko‘plab biologik faol birikmalar mavjud bo‘lib, u serotonin ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Bu o‘z navbatida miyaning kognitiv funksiyalariga foydali ta’sir qilib, stressga reaksiyani kamaytiradi. Kuniga 50-100 gramm yeryong‘oq iste’mol qiling — hayotga ancha pozitiv qaraydigan bo‘lasiz.
Kurka go‘shti
Nerv sistemasi uchun yana bir ajoyib mahsulot — kurka bo‘lib, haftasiga 2 marta yeyilgan bunday taom asabiylik, jahldorlik va umumiy holsizlikka qarshi samarali ta’sir qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi