22:27 / 02.03.2024
352

Piyozni ko‘z yoshlarsiz to‘g‘rash usullari

Piyozni ko‘z yoshlarsiz to‘g‘rash usullari
Bunday holat umrida bir marta bo‘lsa ham piyoz to‘g‘ragan har bir kishiga tanish. Quyida keltirilgan samarali usullarni sinab ko‘rish orqali piyozlarni ko‘z yoshlarsiz to‘g‘rashga erishasiz.

Ko‘zoynak taqing

Foto: Twitnow
Piyoz to‘g‘rayotgan paytda u ma’lum fermentlarni ishlab chiqarishni boshlaydi. Kimyoviy reaksiyalar paytida aynan S-oksidi ko‘z shilliq qavatini qisqa muddatga yallig‘laydi. Buning oldini olish uchun maxsus ko‘zoynaklar ishlab chiqilgan.

Bunday qimmatbaho ko‘zoynak o‘rniga suzish uchun mo‘ljallangan himoya ko‘zoynaklaridan ham foydalanish mumkin — ular ko‘z atrofiga mahkam o‘rnashgani hisobiga piyozdan chiqadigan gazni o‘tkazmaydi.

Ha aytgancha, linza taqadigan odamlarning ham ko‘zi piyozdan achishmaydi.

Pichoqni o‘tkirlang

Foto: Greelane
Yaxshi charxlangan pichoq kamroq hujayralarga zarar yetkazadi, shuning uchun ko‘zni bezovta qiladigan S-oksidlar kamroq ishlab chiqariladi. Shuningdek, o‘tkir pichoq to‘g‘rash jarayonini tezlashtiradi.

Piyozni muzlatkichda sovuting

Foto: Joom
Sovuq havoda kimyoviy reaksiyalar sekinroq davom etadi. Piyozdan foydalanishdan avval uni muzlatkichda 15-20 daqiqaga qoldiring yoki sovuq suvga solib qo‘ying.

Piyozni to‘g‘rashdan avval bandini olib tashlamang

Foto: Bangkokbook
Ko‘zni yoshlatadigan eng ko‘p moddalar to‘plangan qismi piyoz bandi sanaladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Piyozni ko‘z yoshlarsiz to‘g‘rash usullari