
Amsterdamda rassomlar va multiplikatorlar ruchka ishlab chiqaruvchilar bilan birga ijodiy do‘kon ochishdi.
Bu do‘konda istalgan narsani xaridor o‘zi chizgan pullarga sotib olishi mumkin, deyiladi "Kun" nashrida.
Bu erda pullar uchun namunalar va ularni chizish uchun ruchkalar olish mumkin. Do‘konda bunday pullarga stol futboli, bouling uchun kegli, magnitola, smartfon, proektor, mebel, o‘yinchoqlar va yana ko‘plab narsalarni xarid qilish mumkin.
Do‘kon bir zumda ko‘plab odamlar e’tiborini tortdi. Uning yakuniy maqsadi tashkilotchilar hozircha oshkor qilmayotgan badiiy aksiyadan iborat.






Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar