14:04 / 13.10.2016
9 907

Kuzga sharf tanlash qoidalari

Kuzga sharf tanlash qoidalari

Sharf kuz-qish mavsumidagi eng urf bo‘ladigan aksessuarlardan biri hisoblanadi. Uni deyarli har bir dizaynerning to‘plamida uchratish mumkin. Haqiqatda sifatli sharfni arzonga topib bo‘lmaydi, shu tufayli, bitta, ammo yaxshi sharf sotib olgan ma’qul. Xo‘sh, sizga mukammal tarzda mos tushuvchi sharfni qanday tanlash mumkin?

Birinchi navbatda, sharf yuz rangiga mos bo‘lishi kerak: rangpar qizlarga oqish-ko‘k rangli sharflar mos kelmaydi. Aksincha, qorachadan kelgan bo‘lsangiz, yorqin va oppoq ranglarga e’tibor qarating.

Sharf, shuningdek, bosh kiyim bilan ham uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak. Aslida sharf va shapka bir xil jun matodan tayyorlangan bo‘lishi kerak. Ammo, agar shapka ustki kiyimga mos tarzda tvid matodan qilingan bo‘lsa, u holda, sharf kontrast rangda bo‘lishi kerak. Agar bosh kiyim bo‘lmasa, sharfni qo‘lqopga moslash lozim.

Sharf ola-bula bo‘lsa, undagi birorta rang asosiy kiyim rangi bilan bir xil bo‘lishi kerak. Bunday sharflarni rang-barang kiyimlar bilan taqmagan ma’qul.

Matoga kelsak, kashmiri, tvid yoki paxta tolasi qo‘shilgan jun matoni tanlagan yaxshi. Asosiysi, sintetikadan uzoq yuring, chunki u ortiqcha terlab ketishga va oqibatda teri zararlanishiga olib keladi.

Manba: "daryo.uz"

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kuzga sharf tanlash qoidalari