00:36 / 04.11.2016
16 440

O‘z eshigingizni tanlang va oldinda sizni nimalar kutayotganini bilib oling!

Bu olti eshikli test ijtimoiy tarmoqlarda anchayin mashhurlikka erishdi. Oddiy va qiziq, eng muhimi shaxsiyatingizdan so‘zlaydi. Qiziqyapsizmi? Eshiklardan birini tanlasangiz kifoya!

Ruhingizga yaqin tuyilgan, bir qarashda e’tiboringizni tortgan eshikni tanlang!
O‘z eshigingizni tanlang va oldinda sizni nimalar kutayotganini bilib oling!

1-raqamli eshikni tanlagan bo‘lsangiz:

Siz erkin hayotga yo‘l izlayapsiz. Ko‘pchilik ichida va e’tibor markazida bo‘lish jonu dilingiz! Sizga aql o‘rgatganlarni xushlamaysiz, chunki nima qilish kerakligini bilasiz.

Dunyo siz uchun go‘yo imkoniyatlarga boy, bepoyon maydon. Siz o‘zingiz uchun muhim narsalarga vaqt toping. Qarama-qarshilik sizga yoqmaydi, doimo mustaqil qaror qabul qilasiz. Shoshma-shosharlik sizga xos emas, xushlamaysiz. Shoshilmaysiz, siz hayotni xuddi qimmat vinoni ohista simirib, mazasini tuyishga qiyoslaysiz.

Oldinda sizga shubha — gumonlar, qiyinchiliklar uchrashi mumkin. Biroq hammasi o‘tkinchi. 2016 — yilning ilk oylaridayoq hammasi o‘zgaradi va istaklaringiz reallikka aylanadi. Yangi hayot tog‘lar ortida emas, sabrli bo‘ling!

2-raqamli eshikni tanlagan bo‘lsangiz:

Hayotingizda ikki muhim ustun mavjud. Birinchisi: Siz o‘z yo‘lingizni o‘zingiz tanlaysiz. Tamom!

Ikkinchisi: Siz hayotning har jabhasida bor kuchingiz bilan harakat qilasiz, hammasi oliy darajada bo‘lishiga intilasiz! Uzoq davom etadigan sayohatga yolg‘iz chiqish ham sizga hech qanday muammo tug‘dirmaydi. Yolg‘izlikdan shikoyat qilmaysiz. Sizning yo‘lingiz aynan yolg‘izlar uchunligini ham oson qabul qilasiz.

Bir vaqtning o‘zida ham ajoyib, ham farosatli, ham aqlli, o‘z fikriga ega takrorlanmas insonsiz. Yana dunyoga boshqacha nigoh bilan nazar solasiz. Bu asrashga arzigulik xislat.

Yaqin oylarda sizni maqsadingiz yo‘lidan qaytarishga urinishlar bo‘lishi mumkin. Sheriklaringizning bu boradagi gaplari asabingizga tegsada, maqsadingizdan og‘ishmay harakat qilavering!

3-eshikni tanlagan bo‘lsangiz:

Sizning kelajakda rang-barang hayot kutmoqda. Siz jozibali insonsiz: ham ichki tarafda, ham tashqi tarafdan. Siz o‘zingizni dunyoning bir bo‘lagidek his etishni juda yoqtirasiz. Dunyo xabarlarini kuzatib borasiz, shu sabab o‘zingizdan minglab chaqirim uzoqlikda nimalar sodir bo‘layotgani sir emas. Kerak bo‘lsa, umuman begona odamlarga ham yordam qo‘lini cho‘zishga tayyorsiz.

Siz uchun baxtga erishish shart emas, siz hayotning har jabhasidan baxt topa olasiz! Qiziquvchanligingiz sabab siz biror joy yoki biror yumush bilan uzoq vaqt qololmaysiz, bu aniq. Bu kabi insonlar kuchli intellekt sohiblari hisoblanib, odamlarni tabassum qilishga majbur etadilar.

Sizga maslahatimiz: shu ruhda davom eting va mehnatlaringiz o‘z samarasini beradi.

4-raqamli eshikni tanlagan bo‘lsangiz:

Hayotingiz qiziqarli bo‘lishini istaysiz. Oldindan aytib bo‘lmas, tasodifiy hodisalar sizga yoqadi. Aynan shunday ekstrimallik sizga zavq bag‘ishlaydi. Noaniqliklarga xotirjam qaraysiz, rejasizlik sizni tashvishga solmaydi. O‘zingiz tez-tez buzganingiz uchun ham qoidalarni xushlamaysiz. Er yuzidagi odamlar erkin, hech qanday qoidalarsiz yashasa baxtli bo‘ladi degan fikrni olg‘a surasiz!

Mustaqil harakat va rejasizlik sizga quvonch baxsh etadi. Doimiy ekstrimallikni istaysiz. Bu narsa yaqinlaringizni jahlini chiqarsada, ular bilishadi: siz boshqacha bo‘lolmaysiz!

Bolaligingizda atraksionlar parki sevimli maskaningiz bo‘lgani aniq. Endi esa hayotingiz boshqalarni qo‘rqituvchi oddiy atraksionga aylangan.

5-raqamli eshikni tanlagan bo‘lsangiz:

Sizga bir maromdagi tinch hayot yoqadi. Siz har qanday ishga tayyorsiz, faqat bu vazifa sizga rohat baxsh etsa kifoya. Ayniqsa, hammasi rejadagidek bir maromda ketsa. Shu bilan birga yaxshilikni o‘ylab, qarshiliklarga to‘la yo‘ldan yurishdan ham toymaysiz! Ikki yo‘ldan hammasi aniq, biroq xavfli yo‘lni tanlaysiz, va undan o‘zgacha bir mahorat bilan chiqib keta olasiz.

Deyarli har doim haq bo‘lib chiqasiz, atrofdagilar sizni o‘z qaroringizda ishonch bilan turishingizni qadrlashadi va sizga ishonishadi. Kelayotgan yil uchun sizda bir dunyo rejalar bor. Boshqalar uchun qiyin tuyilgan yo‘lni tanlang, bu sizga yanada yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

6-eshikni tanlagan bo‘lsangiz:

Sizga tinch va sokin hayot yoqadi. Uzoq muddatli yolg‘izlik sizni cho‘chitmaydi. Sizga o‘zingiz etarli, o‘zingiz ko‘pchilikning o‘rnini bosa olasiz.

Yo‘qligingiz sezilmasligi mumkin. Chunki siz barcha ishlarni indamay qoyillatadigan millionerlarga xos tabiatga egasiz. Iqtisodiyot borasida yuritayotgan fikrlaringiz 100% ga to‘g‘ri. Ishonchli munosabatlarni bebaho ekanligini bilganingiz uchun ham qadrlaysiz.

Kelgusida ham ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etishingizni tavsiya qilardik, aynan o‘sha erda o‘zingizga kerak insonlarni uchratishingiz mumkin.

Imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » O‘z eshigingizni tanlang va oldinda sizni nimalar kutayotganini bilib oling!