Insonning normal hayotiy faoliyati uchun turli-tuman vitamin va minerallar zarur. Ulardan ba’zilariga ko‘proq, ba’zilariga esa kamroq muhtojmiz. Biroq ulardan birortasining etishmasligi turli xastaliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Organizmda kalsiy etishmasligini qanday aniqlash mumkin?
Kalsiy etishmasligi belgilari
Kalsiy har kuni taom tanovul qilish bilan birga organizmga tushishi kerakligidan xabardormisiz? Bu mineralning etishmasligidan nafaqat bolalar va keksa kishilar, balki aholining ishchi qatlami ham aziyat chekadi. Bundan tashqari, organizm uni etarli miqdorda qabul qilmasa, keksaygan paytda bo‘g‘in va suyaklar bilan bog‘liq muammolar kafolatlanadi. Shuning uchun quyidagi belgilar sizni e’tiborsiz qoldirmasligi lozim:
- Tirnoq, suyak va sochlarning sinuvchanligi. Sochlar xiralashib, to‘kila boshlaydi, tez sinuvchan bo‘lib qoladi. Tirnoqlar esa yupqa bo‘lib, sekin o‘sadi. Engil shikastlanganda ham sinish va lat eyishlar yuzaga keladi;
- Ushbu mineral etishmasa, tishlar holati keskin yomonlashadi;
- Asab tizimi holati. Kalsiy etishmovchiligi qayd etilgan kishi asabiy, tez ta’sirlanuvchan, tez charchaydigan va biroz parishonxotir bo‘ladi;
- Bolalar o‘sishining sekinlashuvi ushbu mineralning etishmasligidan dalolat beradi.
Organizmdagi kalsiy zaxirasini to‘ldiramiz
Kalsiy etishmasligi haqida so‘z yuritar ekanmiz unga boy mahsulotlarni eslatib o‘tamiz. Uni D vitamini bilan birga iste’mol qilish tezroq o‘zlashtirilishiga sabab bo‘ladi. Fosfor ham unga yaxshi qo‘shni bo‘la oladi. Agar o‘zingizda kalsiy etishmovchiligini payqasangiz, quyidagi mahsulotlarni iste’mol qiling:
- Sut va sutli mahsulotlar: tvorog, qatiq, pishloq, qaymoq va yogurt;
- dengiz mahsulotlari, xususan, sardina va losos;
- sitrus mevalar: apelsin, limon, greypfrut va laym;
- mavsumiy meva-sabzavotlar: karam, reza mevalar.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi