date

Magnit bo‘ronidan qanday himoyalanish mumkin? Mutaxassislar maslahati

Magnit bo‘ronidan qanday himoyalanish mumkin? Mutaxassislar maslahati
So‘nggi yillarda quyoshdagi faollik ortishi tufayli Yerda magnit bo‘ronlarining soni ko‘paymoqda. Bu tabiiy geofizik hodisa juda ko‘p odamlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Xususan, yurak-qon tomir, asab va endokrin tizimida muammolari bor insonlar magnit burilishlariga nisbatan sezuvchan bo‘ladi.

Magnit bo‘ronidan himoyalanish usullari:
1. Kardiologlar va nevropatologlar magnit bo‘ronlari paytida ortiqcha jismoniy va ruhiy zo‘riqishlardan voz kechishni tavsiya qilishadi. Erta yotish, yetti-sakkiz soatlik to‘liq uyqu asab tizimini sog‘lom ushlashga yordam beradi.

2. Mutaxassislar kun davomida yetarlicha suv iste’mol qilishni maslahat berishadi (kam deganda 1,5–2 litr). Bu qon aylanishini yaxshilaydi va bosh og‘riqlarini kamaytiradi.

3. Magnit bo‘ronlari gipertoniklar uchun xavfli. Shifokorlar bu kunlarda qon bosimini doimiy tekshirib turishni va zarur dori-darmonlarni qabul qilishni maslahat berishadi.

4. Magniy, kaliy va vitaminlarga boy ovqatlar iste’mol qiling. Diyetologlar asab tizimini barqarorlashtirish uchun banan, sabzavotlar, jigar, turli yong‘oqlar va bug‘doy nonlarini tavsiya qilishadi.

5. Magnit burilishlari elektromagnit nurlanishni oshiradi. Shunday paytlarda telefon, kompyuter va televizordan uzoqroq bo‘lish yaxshidir.

6. Mutaxassislar stressdan saqlanish, nafas mashqlari, chuqur nafas olish va chiqarish, katta qadamda sayr qilishni maslahat berishadi. Bu organizmdagi kislorod miqdorini oshiradi va tinchlanishga yordam beradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Magnit bo‘ronidan qanday himoyalanish mumkin? Mutaxassislar maslahati