Gruziyada xitoylik oila uchun farzand tuqqan o‘zbekistonlik surrogat ona vafot etdi

Dunyo1 daqiqa o'qish0
Gruziyada xitoylik oila uchun farzand tuqqan o‘zbekistonlik surrogat ona vafot etdi

Gruziya poytaxti Tbilisidagi klinikalardan birida surrogat onalik dasturi asosida homilador bo‘lgan 31 yoshli ayol farzandni dunyoga keltirganidan bir necha soat o‘tib vafot etdi. Marhuma xitoylik oila uchun surrogat ona bo‘lgan. U O‘zbekiston fuqarosi ekani xabar qilindi.

«Novosti Gruzii» nashrining Radio Ozodlikka tayanib xabar berishicha, ayol 11 noyabr kuni Tbilisidagi Birinchi universitet klinikasida homiladorlikning 36-haftasida farzandni dunyoga keltirgan. Tug‘ruqdan bir necha soat o‘tib, unda kuchli qon ketishi boshlangan va u vafot etgan. Chaqaloq sog‘lom tug‘ilgan.

Ma’lum qilinishicha, ayol xitoylik oila uchun farzand dunyoga keltirayotgan bo‘lgan. Bu uning surrogat onalik bo‘yicha birinchi dasturi edi.

Unga embrion ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti Gruziya-Germaniya reproduktiv tibbiyot markazida amalga oshirilgan. Markaz rahbari Nino Museridzening mahalliy jurnalistlarga aytishicha, ayol sog‘lom bo‘lgan va muolajadan oldin barcha zarur tibbiy tekshiruvlardan o‘tgan.

Tbilisidagi Birinchi universitet klinikasi esa ayolning o‘limi yuzasidan izoh berishdan bosh tortgan.

Gruziya Ichki ishlar vazirligi hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini tasdiqlagan. Tergov mamlakat Jinoyat kodeksining 116-moddasi — ehtiyotsizlik oqibatida odam o‘limiga sabab bo‘lish holati bo‘yicha olib borilmoqda.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligining Tibbiy va farmatsevtika faoliyatini tartibga solish agentligi ham holat yuzasidan tekshiruv boshlagan.

Gruziyaning Rustavi 2 telekanali marhuma O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganini xabar qilgan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?