date

Yozda kim ozadi, kim esa semiradi? Sabablar nima?

Yozda kim ozadi, kim esa semiradi? Sabablar nima?
Yoz — faol hayot tarzi, ko‘plab sayohatlar va yangi taomlar mavsumi. Ayrimlar uchun yoz – ortiqcha vazndan xalos bo‘lishning qulay fasli bo‘lsa, boshqalar uni semirishga olib keladigan “lazzatli sinov” deb tasvirlashlari mumkin. Shifokorlar ushbu mavzu yuzasidan aniq tushuntirishlar bermoqdalar.

Nega yozda vazn yo‘qotish osonroq?

1. Faol hayot tarzi – insonlar ko‘proq ko‘chaga chiqadi, yuradi, velosiped haydaydi yoki sport bilan shug‘ullanadi. Bu esa kun davomida sarflanadigan kaloriya miqdorini oshiradi.

2. Metabolizm faollashadi – issiq havo ta’sirida organizm ichki jarayonlarni tezlashtiradi va ortiqcha yog‘larni yo‘q qilishga harakat qiladi.

3. Sog‘lom ovqatlanish imkoni – yozda yangi, vitaminlarga boy meva-sabzavotlar serob bo‘lib, to‘yimlilik hissini beradi. Ular yuqori kaloriyali taomlarga talabni kamaytiradi.

4. Ortiqcha suyuqlikdan xalos bo‘lish – terlash orqali organizm suv va shlaklarni chiqaradi, bu esa vaqtinchalik bo‘lsa-da vaznni kamaytiradi.

Ammo vazn ortishiga ham olib keluvchi omillar bor:

1. Muzqaymoq va shirinliklar – yozning issiq kunlarida muzdek ichimliklar, shakarli kokteyllar va muzqaymoqlar juda ko‘p iste’mol qilinadi. Ular esa kaloriya bombasidek ta’sir ko‘rsatadi.

2. Ta’tilda rejim buziladi – sayohat yoki dam olish paytida ovqatlanishda rejim saqlash qiyin bo‘ladi, ko‘p holatda faollik ham kamayadi.

3. Faolsizlik va sustlik – ayrimlar issiqdan qochib, salqin joyda dam olishni afzal ko‘radi. Bu holatda harakat kamayadi, metabolizm sekinlashadi.

4. Karbonat angidrid ko‘payishi – havodagi CO₂ miqdorining oshishi organizmdagi metabolik jarayonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va vazn ortishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Yozda ozish yoki semirish — faqat tabiat emas, balki insonning turmush tarzi, ovqatlanish odatlari va harakat darajasiga bog‘liq. Agar me’yorni saqlasangiz, yozni sog‘lom va yengil tanada o‘tkazishingiz mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Yozda kim ozadi, kim esa semiradi? Sabablar nima?