date

Salon o‘rnini egallayotgan qurilmalar: nega hamma byuti-gadjet sotib olyapti?

Salon o‘rnini egallayotgan qurilmalar: nega hamma byuti-gadjet sotib olyapti?
Salon xizmatlarining qimmatlashuvi va vaqt tanqisligi fonida rossiyalik iste’molchilar kabi o‘zbekistonliklar orasida ham uy sharoitida foydalanish uchun mo‘ljallangan byuti-gadjetlarga qiziqish ortyapti. Turli onlayn do‘konlarda bu kabi qurilmalarning sotuvi keskin oshgani kuzatilmoqda, deb Peopletalk yozmoqda.

Eng ko‘p talab bo‘layotgan qurilmalar qatoriga bosh massajyorlari, lifting-massajyorlar, LED-maskalar va darsonvallar kiradi. Ular teri parvarishi va soch o‘sishini rag‘batlantirish uchun ishlatiladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu uskunalar orqali foydalanuvchilar uyda, salonga bormay turib, o‘zini parvarishlashni maqsad qilishmoqda. Ammo barcha ham kutilgan samarani olmayapti — gadjetlar ko‘proq yengil ta’sirga ega bo‘lib, faqat qisqa muddatli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Natijada, bu uskunalarni qayta sotish bozori faollashdi. Aksariyat xaridorlar qimmatbaho qurilmalarni arzon narxda qo‘ldan olishni ma’qul ko‘rmoqda.

Ayni paytda go‘zallik sanoatida yana bir yangi trend — neyrokosmetika vujudga kelmoqda. Bu yo‘nalish haqida yaqin kunlarda alohida maqolada yoritamiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Salon o‘rnini egallayotgan qurilmalar: nega hamma byuti-gadjet sotib olyapti?