
Yoz fasli – do‘stlar bilan vaqt o‘tkazish, birga kulgu va mazmunli dam olish uchun eng mos davrlardan biri. Ana shunday fursatlarda nastol o‘yinlar eng yaxshi yordamchilarga aylanadi, deb yozmoqda Peopletalk.
So‘rov natijalariga ko‘ra, “Monopoliya” va uning turli analoglari rossiyaliklar orasida eng ko‘p tanlangan (24%). Iqtisodiy strategiya, mulk va resurslar uchun kurashish – har qanday yoshdagilar uchun qiziqarli va o‘ylantiruvchi jarayon.
Ikkinchi o‘rinda esa “Imadjinarium” – fantaziya, ijodkorlik va hissiyotlarga asoslangan o‘yin joy olgan (22%). Bunday o‘yinlar tafakkur va tushuncha tarkibini boyitishda yordam beradi.
Klassik shaxmat esa 19% ovoz bilan kuchli uchlikni yakunlaydi. Bugungi kunda ham bu intellektual o‘yin o‘z o‘rnini yo‘qotmaganini ko‘rishimiz mumkin.
Yana qaysi o‘yinlar mashhur?
1. Loto (16%) – katta avlod va bolalarni birlashtiradigan an’anaviy o‘yin;
2. Karkasson (11%) – strategiya va qurilishni birlashtirgan o‘yin;
3. Uno (5%) – dinamik kartalar o‘yini, har qanday jamiyatda o‘rin topadi;
4. “Vzrivnie kotyata” (3%) – yumor va tezkorlikni sinovdan o‘tkazuvchi zamonaviy o‘yin.
Qayerda o‘ynashni ma’qul ko‘rishadi?
So‘rov qatnashchilarining katta qismi uyda yoki do‘stlarnikida o‘ynashni afzal biladi (83%). Faqat 11% insonlar antikafelarga borishni ma’qul ko‘rgan. Tabiat bag‘rida o‘tkaziladigan o‘yinlar esa 7% ni tashkil etadi.
Stol o‘yinlarining ijobiy ta’siri
Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, nastol o‘yinlar faqat ko‘ngilochar emas, balki tarbiyaviy va rivojlantiruvchi jihatga ham ega:
-
42% ishtirokchi – “bu do‘stlar va oila a’zolarini yaqinlashtiradi” deya baholagan;
-
33% – “strategik fikrlashni rivojlantiradi”;
-
16% – “jamoaviy ish va timbilding uchun foydali” deya e’tirof etgan.
Shaxmat alohida e’tiborga loyiq. Har uchinchi respondent bu o‘yinni o‘rganishni yoki qayta yodga olishni xohlaydi. Ayni paytda rossiyaliklar orasida:
-
42% muntazam shaxmat o‘ynaydi;
-
17% hozircha o‘rganish jarayonida;
-
Faqat 7% shaxmatga qiziqish bildirmagan.