date

Yuzingiz sevadigan 5 ta gidrofil yog‘

Yuzingiz sevadigan 5 ta gidrofil yog‘

So‘nggi yillarda gidrofil yog‘lar yuz tozalashda yangicha standartga aylandi. Ular nafaqat qattiq makiyaj va quyoshdan himoya kremlarini oson yechadi, balki terini oziqlantirib, uni muhofaza qiladi. O‘zbekistonda ham bu trend tobora ommalashmoqda. Quyida sizning kundalik tozalashingiz uchun munosib bo‘lgan 5 ta eng yaxshi gidrofil yog‘ni sanab o‘tamiz.

1. Anna Sharova Hydrophilic Cleansing Oil

Lyon va quyoshgul yog‘i, shuningdek, Ye vitamini bilan boyitilgan. Makiyajni yechish bilan birga teriga yumshoq parvarish ko‘rsatadi. Ikkinchi marta tozalash (penka yoki gel bilan) talab qilinmaydi. «2-v-1» turkumidagi maqbul variant.

2. Manyo Pure Cleansing Oil

Argana, jojoba va zaytun yog‘i asosida. Komedonlarni ochadi, teridagi yog‘ va kirlarni to‘liq yechadi. Barcha turdagi terilar uchun mos. Yuqori narx toifasida bo‘lsa-da, salon darajasidagi samarani beradi.

3. Caudalie Makeup Removing Oil

Bodom, uzum urug‘i va kastor yog‘laridan tashkil topgan. Terida yog‘li qoldiq qoldirmaydi. E’tiborga loyiq jihati – kastor yog‘i orqali kiprik o‘sishini rag‘batlantiradi.

4. Dr. Ceuracle Pro Balance Pure Deep

5 xil probiotik va turli yog‘lar aralashmasi bilan teri balansi saqlanadi. Har qanday makiyajni bezarar yechish mumkin, ammo umivka (penka yo gel) bilan qo‘shimcha tozalash tavsiya etiladi.

5. d'Alba White Truffle Return Oil Cream Cleanser 

Ishqorli suv, oq tryufel, kalendulaning guli, kameliya va avokado yog‘lari bilan teriga hayot baxsh etadi. Makiyajni yechish bilan birga terini tiklaydi va oziqlantiradi. «Rich girl» estetikasini sevuvchilar uchun ideal tanlov.


Manba: Peopletalk

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Yuzingiz sevadigan 5 ta gidrofil yog‘