Toshkentda ikki ko‘chada harakat 10 yanvargacha cheklanadi

Toshkentda Yangi yil bayramiga tayyorgarlikning birinchi bosqichi doirasida ikkita ko‘chada transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi ma’lum qildi. Cheklovlar aholi xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash maqsadida joriy etilmoqda.
Harakatga oid cheklovlar 2026 yil 30 noyabrdan 2027 yil 10 yanvarga qadar amal qiladi. Ular quyidagi ko‘cha qismlarini qamrab oladi:
• Istiqlol ko‘chasi, Buyuk Turon va Zarafshon ko‘chalari oralig‘idagi hudud.
• Buyuk Turon ko‘chasi, Istiqlol ko‘chasi bilan chorrahadan Yoshlar ijodiyot saroyigacha bo‘lgan qism.
Tayyorgarlik ishlarining ikkinchi bosqichidagi harakat cheklovlari haqida qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi.
Haydovchilarga yo‘ldagi o‘zgarishlarni inobatga olib, safar yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish tavsiya etilmoqda.w
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…