So‘nggi ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, kun davomida faqat 10 daqiqa meditatsiya qilish inson miyasidagi qarish jarayonlarini sekinlashtirishi mumkin. Bu haqda “Nature Mental Health” jurnalida chop etilgan maqolada qayd etilgan.
Tadqiqotda qatnashganlar 8 hafta mobaynida har kuni 10 daqiqadan diqqatni bir joyga jamlash mashqlarini bajarganlar. Natijada ularda miyadagi katta xajmli ko‘zga ko‘rinmas to‘qimalar faolligi oshgan va xotira, diqqat, qaror qabul qilish qobiliyatlarida sezilarli ijobiy o‘zgarish kuzatilgan.
Olimlarning ta’kidlashicha, meditatsiya inson tanasida stress gormoni — kortizolni kamaytiradi. Bu esa miyadagi neyronlarni himoya qilib, ularni uzoqroq faol holatda saqlab turishga yordam beradi. Shuningdek, miyada yangi neyron aloqalar hosil bo‘lishi tezroq kechadi.
Meditatsiyaning yana bir afzalligi — u hamma yoshdagi insonlar uchun mos keladi. Ushbu amaliyotni kunning istalgan vaqtida, hatto ishda yoki uyda tanaffus paytida ham bajarish mumkin. Olimlar har kuni 10 daqiqalik fikrni jamlash va diqqat mashqlari nafaqat miya, balki umumiy ruhiy salomatlikka ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlashdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!