date

Nepal 97 tog‘ cho‘qqisini ikki yil davomida bepul zabt etishga ruxsat beradi

Nepal 97 tog‘ cho‘qqisini ikki yil davomida bepul zabt etishga ruxsat beradi
Nepal keyingi ikki yil davomida Karnali va Sudurpaschim viloyatlaridagi 97 ta Himolay cho‘qqisiga bepul chiqish imkoniyatini taqdim etadi. Maqsad — mamlakatning eng olis va kam rivojlangan hududlarida turizmni rivojlantirish.

Bepul ruxsatnoma beriladigan cho‘qqilar balandligi 5 970–7 132 metr bo‘lib, ularga kirish qiyinligi sababli sayyohlar oqimi past. So‘nggi ikki yilda bu tog‘larga atigi 68 kishi chiqqan, 2024-yilda esa Everestga 421 ta ruxsatnoma berilgan.

Nepal alpinistlardan olinadigan ruxsatnomalar orqali katta daromad oladi. 2023-yilda bu tushum $5,9 millionni tashkil etdi, shundan 75 foizdan ortig‘i Everestga to‘g‘ri kelgan.

Hukumat bu tashabbus yangi ish o‘rinlari yaratishi va mahalliy iqtisodiyotni mustahkamlashini kutmoqda. Ammo hududlarda infratuzilma va transport imkoniyatlarini yaxshilash rejalari hozircha aniq emas.

Nepal parlamenti Everestga chiqish uchun 7 000 metr balandlikdagi mahalliy tog‘ni zabt etish talabini joriy etishni muhokama qilmoqda. Rasmiylar fikricha, bepul ochiladigan cho‘qqilar bunday tayyorgarlik uchun ideal hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Nepal 97 tog‘ cho‘qqisini ikki yil davomida bepul zabt etishga ruxsat beradi