Zig‘ir urug‘i qadimdan xalq tabobatida sog‘liqni mustahkamlash, ovqat hazmini yaxshilash va yurak-qon tomir tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘llanib keladi. Uning tarkibida omega-3 yog‘ kislotalari, lignanlar va tolalar juda ko‘p bo‘lib, ular organizimga yallig‘lanishga qarshi, antioksidant va xolesterinni pasaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, zig‘ir urug‘i ichak faoliyatini yaxshilaydi va ortiqcha vaznni kamaytirishda yordam beradi.
Mutaxassislar uni ovqatga maydalangan holatda qo‘shishni tavsiya etadilar, chunki butun urug‘ hazm bo‘lmay o‘tib ketishi mumkin. Non, salat, qatiq yoki smuzilarga qo‘shib iste’mol qilish foydani oshiradi. Zig‘ir urug‘idagi o‘simlik oqsillari vegetarian va veganlar uchun ham muhim manba sanaladi.
Biroq zig‘ir urug‘ini iste’mol qilishda ehtiyotkor bo‘lish zarur. Uni me’yoridan ortiq iste’mol qilish qorin dam bo‘lishiga yoki ich ketishiga olib kelishi mumkin. Qon suyultiruvchi dori ichayotgan yoki homilador ayollar esa avval shifokor bilan maslahatlashishi kerak.
To‘g‘ri va me’yorida iste’mol qilinganda zig‘ir urug‘i sog‘liq uchun haqiqiy foydali qo‘shimchaga aylanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!