Hindistonda o‘tkazilgan yangi tadqiqotlar mango mevasining diabetga ta’siri haqida kutilmagan xulosalar berdi. Avvallari shirinligi sababli mango diabet bemorlarga tavsiya qilinmagan bo‘lsa, endi ilmiy dalillar boshqa natijani ko‘rsatmoqda.
Tadqiqotda uch mashhur mango navi – Safeda, Dasheri va Langra oq non bilan taqqoslandi. Ma’lum bo‘lishicha, mango iste’moli qondagi shakarni non kabi tez ko‘tarmaydi, ayrim hollarda esa yanada yaxshilanish kuzatilgan.
Sakkiz hafta davom etgan boshqa tadqiqotda esa diabet bemorlari non o‘rniga mango yedi. Natijada ularning qon shakar ko‘rsatkichlari, vazni va xolesterin darajasi yaxshilandi. Bu mango mutlaqo taqiqlanishi shart emasligini ko‘rsatadi.
Shifokorlar mangoni me’yorida iste’mol qilishni maslahat bermoqda. Uni dessert sifatida emas, balki alohida yoki oqsil va tolali ovqatlar bilan birga yeganda foydali bo‘lishi mumkin. Ammo sharbat yoki shirin kokteyllarda iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Hindistonda 77 million odam diabet bilan yashaydi. Mutaxassislar mango sog‘lom odatlarning o‘rnini bosa olmasligini, ammo me’yorida iste’mol qilinganda foyda berishini ta’kidlashmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar