date

Shirinlikka ishtiyoqning kutilmagan sababi ochildi

Shirinlikka ishtiyoqning kutilmagan sababi ochildi

Olimlar aniqlashicha, kimdir shirinlik yeyishayotganini kuzatish hatto to‘q odamda ham ishtahani kuchaytiradi. Bu holat miyadagi dopamin tizimi faoliyati bilan bog‘liq. Beylor tibbiyot kolleji mutaxassislari olib borgan tadqiqot shuni ko‘rsatdi.

Nature Communications jurnalida e’lon qilingan maqolada qayd etilishicha, tajriba sichqonlarda o‘tkazilgan. Oddiy yoki yog‘li taom yeyishayotgan qo‘shnilar ularga ta’sir qilmagan bo‘lsa, shirinlik iste’mol qilganlarini ko‘rganda, hatto to‘q holatdagilari ham ovqatlanishni boshlagan.

Mutaxassislar dopamin retseptorlarini to‘suvchi dori berganda bu ta’sir yo‘qolgan. Olimlar fikricha, D1 va D2 retseptorlari boshqa birovning yeyishayotganini ko‘rganda ishtahani oshiradi va miyada “bu yoqimli, yana takrorla” degan signal uyg‘otadi.

Tadqiqot rahbari doktor Yong Syuning ta’kidlashicha, shunchaki kimdir ovqatlanayotganini ko‘rish ham ortiqcha ovqatlanishga olib kelishi mumkin.

Zamonaviy hayotda odamlar har qadamda — reklamada, ijtimoiy tarmoqlarda va ekranlarda taomlar tasvirini ko‘radi. Olimlar bu jarayonni tushunish sog‘lom ovqatlanish odatlarini shakllantirish va ortiqcha ishtahani nazorat qilishda muhim qadam bo‘lishi mumkinligini qayd etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Shirinlikka ishtiyoqning kutilmagan sababi ochildi