UFC 2027 yilda Toshkentda turnir o‘tkazishi mumkin

Sport1 daqiqa o'qish102
UFC 2027 yilda Toshkentda turnir o‘tkazishi mumkin
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • UFC tashkiloti 2027 yilning uchinchi choragida Toshkent shahrida MMA turnirini o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
  • Mazkur musobaqa uchun «Humo Arena» majmuasi dastlabki manzil sifatida tanlangan bo‘lib, u 12,5 mingga yaqin tomoshabinni qabul qilishi mumkin.
  • Hozirgi vaqtda loyiha «ko‘rib chiqilmoqda» maqomida bo‘lib, turnirni o‘tkazish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Dunyodagi eng yirik MMA tashkiloti UFC 2027 yilning uchinchi choragida Toshkentda turnir o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Musobaqa uchun dastlabki maydon sifatida «Humo Arena» majmuasi ko‘rsatilgan, deb xabar beradi UZ24.

UZ24 ma’lumotiga ko‘ra, UFC'ning Yevropa, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi faoliyatini kengaytirish rejasiga oid ichki hujjatdan parcha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. 12 noyabr sanasi bilan rasmiylashtirilgan «UFC Event Expansion: EMEA & Central Asia» nomli hujjatda Toshkent ham turnir o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan shaharlar qatoriga kiritilgan. Bu ma’lumotni La Gazzetta Georgia nashri ham tarqatgan.

Hujjatdagi dastlabki rejaga ko‘ra, Toshkentdagi musobaqa 2027 yil iyul–sentyabr oylarida o‘tkazilishi mumkin. Turnir uchun «Humo Arena» tanlangan taqdirda, unga taxminan 12,5 ming tomoshabin tashrif buyurishi mumkin.

Biroq hujjatda Toshkent loyihasining maqomi «Under Review», ya’ni «ko‘rib chiqilmoqda» deb belgilangan. Bu turnirni o‘tkazish bo‘yicha hali yakuniy qaror qabul qilinmaganini anglatadi. Musobaqaning aniq sanasi ham hozircha ma’lum emas.

Toshkentda UFC turnirini tashkil etish masalasi avval ham muhokama qilingan. 2026 yil iyun oyida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov AQSHda UFC prezidenti Dana Uayt bilan uchrashgan edi. Muloqot davomida O‘zbekistonda Zuffa Boxing musobaqalarini tashkil etish istiqbollari va kelgusida Toshkentda UFC'ning rasmiy turnirini o‘tkazish imkoniyati muhokama qilingan.

Tarqalgan hujjatda Markaziy Osiyo va unga yaqin hududlardagi boshqa shaharlar ham qayd etilgan. Ular orasida Qozog‘istonning Olmaota, Qirg‘izistonning Bishkek va Gruziyaning Tbilisi shaharlari bor.

Dastlabki rejaga muvofiq, Olmaotadagi turnir 2027 yil 1 may kuni o‘tkazilishi mumkin. Tbilisi va Toshkentdagi musobaqalar esa yilning uchinchi choragiga mo‘ljallangan. Ammo bu rejalarning hech biri hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?