date

Janubiy Koreya Jeju orolidagi sayyohlarga tartibni eslatdi

Janubiy Koreya Jeju orolidagi sayyohlarga tartibni eslatdi

Janubiy Koreyaning mashhur sayyohlik joyi Jeju orolida politsiya birinchi marta sayyohlarga qoidalar berdi. Bu qoidalar axlat tashlash, bolalarning ko‘chani iflos qilishi va boshqa tartibsizliklar uchun joriy etildi.

Ko‘rsatmalar xitoy, ingliz va koreys tillarida chop etilgan. Politsiya bu orqali sayyohlarga Koreya qonunlari va madaniyatini tushuntirmoqchi.

Qoidalarda jamoat joylarida chekish, axlat tashlash, noto‘g‘ri joydan yo‘l kesish, mast holda tartibsizlik qilish, restorandan to‘lov qilmay chiqish va soxta hujjat ishlatish kabi kichik jinoyatlar keltirilgan. Birinchi marta buzganlarga ogohlantirish, qayta takrorlaganlarga esa 200 000 vongacha(143 $) jarima beriladi.

Jeju oroli sohillari, tog‘ yo‘llari va savdo markazlari bilan mashhur. Bu yil orolga 7 milliondan ortiq sayyoh keldi, ularning 70 foizi Xitoydan bo‘lgan. Sayyohlar mahalliy iqtisodiyotga katta mablag‘ kiritadi.

Tartibga chaqirish sayyohlardan ortiqcha tashrif va tartibsizlikni kamaytirishga qaratilgan. Shu bilan birga, Osiyodagi boshqa mashhur joylar ham shunga o‘xshash choralarni qo‘llamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Janubiy Koreya Jeju orolidagi sayyohlarga tartibni eslatdi