date

Dengiz plastmassani qirg‘oqqa qaytarmoqda

Dengiz plastmassani qirg‘oqqa qaytarmoqda
O‘rta yer dengizida o‘sadigan Posidonia oceanica o‘tlari plastmassa chiqindilarni yig‘ib, “Neptun to‘plari” deb ataladigan sharsimon tolalarga aylantirmoqda. Ular to‘lqin va shamol ta’sirida qirg‘oqqa chiqib qolyapti.

O‘tlar suv oqimini sekinlashtirib, cho‘kindilarni ushlab qoladi va shu bilan plastik bo‘laklarini ham yig‘adi. Olimlar yiliga yuz millionlab plastik bo‘laklari shu tarzda to‘planishini aytmoqda.

Ispaniyada o‘tkazilgan tadqiqotlarda ba’zi Neptun to‘plarida yuzlab, hatto minglab plastik bo‘laklari topilgan. Mutaxassislar buni “dengiz tashlangan chiqindilarni bizga qaytarishi” deb atamoqda.

Ammo olimlar bu jarayon muammoni hal qilmasligini ta’kidlashmoqda. Ularning fikricha, asosiy yechim plastmassa ishlab chiqarishni kamaytirish va uni dengizlarga tushishidan to‘xtatishdir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Dengiz plastmassani qirg‘oqqa qaytarmoqda