Har bir inson hayotida kamida bir marta bo‘lsa-da tush ko‘radi. Ayrimlar bu holatni oddiy biologik jarayon sifatida qabul qiladi, boshqalar esa uni tabiatning g‘aroyib va sirli mo‘jizasi sifatida talqin qiladi. Asrlar davomida tushlar insonlarning e’tibor markazida bo‘lib kelgan, turli madaniyat va dinlar esa ularga turlicha ma’no bergan.
Ammo aslida tush nima va nega insonlar ularni ko‘radi? Ilmiy izlanishlar shu savollarga javob topishga harakat qilmoqda. Mutaxassislar tushlarning tabiati, ularning paydo bo‘lish sabablari hamda ruhiy va biologik jihatdan ahamiyatini o‘rganishmoqda.
Tushlarning ilmiy asosi
Odatda, tushlar uyquni REM (Rapid Eye Movement) fazasida paydo bo‘ladi. Bu bosqich uyquning chuqur holati hisoblanadi va unda miya faoliyati deyarli uyg‘oq holatga yaqinlashadi. REM fazasida ko‘zlar tez-tez qimirlaydi, yurak urishi hamda nafas olish tezlashadi. Shu paytda inson ongida g‘aroyib manzaralar va voqealar namoyon bo‘ladi.
Nevrologlar va psixologiya sohasi mutaxassislari tushning mohiyatiga turlicha yondashishgan. Masalan, Zigmund Freyd tushlarni insonning ong ostidagi istaklari va qo‘rquvlarining aks-sadosi sifatida talqin qilgan. Karl Yung esa tushlarni inson ruhiyatining umumiy, kolektiv qismidan kelib chiqadi deb hisoblagan.
Zamonaviy ilm esa tushlarning asosiy vazifasi — miyada xotira va hissiyotlarni qayta ishlash jarayonida ko‘mak berish ekanini ko‘rsatmoqda.
Nega inson tush ko‘radi va uning sirlari nimada?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar