Inson baxti va ruhiy holatida muhim rol o‘ynaydigan omillardan biri — bu baxt gormonlaridir. Ular miyada ishlab chiqiladigan maxsus kimyoviy moddalar bo‘lib, inson kayfiyati, energiyasi va hayotdan qoniqish darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Serotonin
Serotonin — baxt va xotirjamlik hissini shakllantiruvchi asosiy moddalardan biri. U insonning kundalik kayfiyatiga ta’sir qiladi, stressni kamaytiradi va uyqu bilan bog‘liq jarayonlarni tartibga soladi.
Serotonin yetishmovchiligida odam o‘zini tushkun, tashvishli va ruhan charchagan holda his qiladi. Uning ishlab chiqilishi uchun triptofan nomli aminokislota zarur. U tuxum, baliq va sut mahsulotlarida ko‘p uchraydi. Shuningdek, quyosh nuridan foydalanish, jismoniy mashqlar va meditatsiya serotonin miqdorini oshiradi.
Dofamin
Dofamin insonni harakatga undaydigan va maqsadlarga intilishda kuch bag‘ishlaydigan gormon hisoblanadi. U “mukofot” sistemasida yetakchi o‘rinda turadi. Biror maqsadga erishilganda yoki muvaffaqiyat qo‘lga kiritilganda miyada dofamin ishlab chiqiladi va insonda qoniqish tuyg‘usi paydo bo‘ladi.
Agar dofamin yetishmasa, odamda lanjlik, motivatsiya yetishmasligi va hatto depressiya yuzaga kelishi mumkin. Uni oshirish uchun yangi mashg‘ulotlarni sinab ko‘rish, jismoniy mashq qilish va sog‘lom ovqatlanish tavsiya etiladi.
Endorfin
Endorfinlar tabiiy “og‘riqsizlantiruvchi” moddalar sifatida tanilgan. Ular stress yoki og‘riq paytida chiqarilib, insonni yengillik va quvonch hissiga olib keladi. Masalan, uzoq davom etgan yugurishdan keyin paydo bo‘ladigan “sport baxti” hissi aynan endorfinlar sababli yuzaga keladi.
Endorfinlar insonda kulgi, ijod, musiqa tinglash yoki yaxshi uyqudan keyin ham ishlab chiqiladi. Ular nafaqat og‘riqni yengillashtiradi, balki ruhiy holatni ko‘tarib, hayotga ijobiy qarashga yordam beradi.
Baxt gormonlari inson hayotida qanday ahamiyatga ega
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar