
Ananas – tropik meva bo‘lib, dunyo bo‘ylab sevib iste’mol qilinadi. Uning shirin va yorqin ta’mi ostida salomatlik uchun ham foyda, ham ayrim xavflar yashiringan.
Ijobiy tomonlari:
-
Immunitetni mustahkamlaydi. Ananas tarkibidagi S vitamini shamollash va infeksiyalarga qarshi kurashda yordam beradi.
-
Hazmni yengillashtiradi. Undagi bromelayn fermenti og‘ir taomlarni parchalashga ko‘maklashadi.
-
Yurak va qon aylanishi uchun foydali. Kaliy moddasi yurak-qon tomir tizimini quvvatlaydi.
-
Ochiq havoda energiya beradi. Shirinligi sababli tez quvvat manbai hisoblanadi.
Salbiy tomonlari:
-
Orttirib yuborilsa, qon bosimini tushirishi mumkin. Ayrimlarda bosh aylanishi yoki quvvatsizlikka olib kelishi mumkin.
-
Oshqozon kislotasini oshiradi. Ko‘p yeb yuborilsa, oshqozonni qiynab, qichishish yoki gastrit alomatlarini kuchaytiradi.
-
Allergiya chaqirishi mumkin. Ayrim odamlarda og‘iz ichida qizillik yoki qichishish kuzatilishi mumkin.
Ananas me’yoirda foydalansa – jismga vitamin va energiya manbai. Ammo me’yordan ortiq iste’mol qilish ba’zi salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!