Aloe vera qo‘shilgan sovunning teri uchun foydalari

Aloe vera qo‘shilgan sovun terini quruqlikdan himoya qilib, unga yorqinlik beradi va yallig‘lanish, qizarish hamda toshmalarni tinchlantiradi. U ifloslanish va ortiqcha yog‘ni yumshoq tozalaydi, antibakterial ta’sir ko‘rsatadi. Aloe tarkibidagi vitamin va antioksidantlar teri hujayralarining tiklanishiga yordam berib, uni tarang va sog‘lom ko‘rinishda saqlaydi.
Aloe vera qadimdan shifobaxsh xususiyatlari bilan mashhur. Bugungi kunda uning asosida tayyorlangan sovunlar ham keng qo‘llaniladi. Quyida aloeli sovunning inson terisi uchun asosiy foydalari keltirilgan:
1. Aloe vera tarkibidagi tabiiy gel teriga chuqur singib, uni quruqlikdan himoya qiladi va yorqinlik baxsh etadi.
2. Aloe yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Shu bois yonib qolish, qizarish yoki toshma kabi holatlarda terini tinchlantiradi.
3. Aloeli sovun teridagi ifloslanish va ortiqcha yog‘ni yumshoq tarzda tozalaydi, shu bilan birga antibakterial ta’sir ko‘rsatadi.
4. Aloe vitamin va antioksidantlarga boy. Ular teri hujayralarini tiklashga yordam berib, terini tarang va sog‘lom ko‘rinishda saqlaydi.
5. Quruq, yog‘li yoki sezgir teriga egaligingizdan qat’i nazar, aloeli sovun barcha turdagi teri uchun muloyim va foydali hisoblanadi.
6. Yuzdagi huznbuzarlarni ketkazadi.
7. Yuzni oqartiradi.
8. Aloe teridagi aksar muammolarni davolaydi.































Izohlar 0
…