Yana o‘sha bayram – Yangi yil. Yana o‘sha dasturxon (hatto salat ham o‘sha-o‘sha – olive!), yana o‘sha oshxonada kuymalanib, ko‘zlari yumilib-yumilib ketayotgan uy bekasi… Har yili 31 dekabr oqshomida kuzatilishi muqarrar bu manzarani ko‘z oldingizga keltirishingiz bilan «Voy bechora erlar!» deyishdan o‘zga chora qolmaydi. Axir nomi «Yangi» deya boshlangani bilan aslida allaqachon eskirib ketgan bayramu uning «mo‘’jizakor»likdan mosuvo muhitiga chidashga majbur erkaklarni bechora demaslik mumkinmi? Ammo hammasini o‘zgartirish, aynan shu galgi ayyomni betakror qilish biz — ayollarning qo‘limizda…
Bozor-o‘char
Avvalo, erkaklarni bayramoldi haftasi tog‘dek bosib tushadigan bozor-o‘char g‘amidan biroz ozod qilish mumkin. Hamma haridni bayramga bir necha kun, hatto soat qolganda amalga oshirish shart emas. Mayonez, ko‘kno‘xat, ichimliklar va konservalarni bir oy oldin xarid qilish, salatlaru noringa ishlatiladigan go‘shtni o‘n kunlar avval olib muzlatib yoki tuzlab qo‘yish mumkin-ku.
Dasturxon
Taomnomani qayta ko‘rib chiqishingiz shart. Norin o‘rniga duxovkada go‘sht dimlash (ham oson, ham mazali, ham kutilmagan), to‘rtta odatiy salatni ikkita yangisiga almashtirish (g‘oyani dugonalaringiz, internet yoki «Sug‘diyona»dan olishingiz mumkin), somsa emas, go‘shtli pirog tayyorlash mumkin. Mevali salat esa bemalol tort o‘rniga o‘tadi. Faqat stereotiplardan voz kechishga jur’at topolsangiz bas.
Sovg‘a
Bunga batafsil to‘xtalish kerak. Chunki hech bir bayram sovg‘asiz o‘tmaydi, ayniqsa, Yangi yil. Erkaklar sovg‘a olishda biz — ayollar kabi injiqlik qilib o‘tirmaydilar. Shunga qaramay, «Sovg‘a emas, e’tibor muhim» degan aqidani unuting. Unisi ham, bunisi ham birdek ahamiyatli. Eringizga sovg‘a qilib bo‘lmaydigan narsalar ro‘yxatini yodlab oling:
- Turli kichkina haykalchalar, yumshoq o‘yinchoqlar, rasmlar, briloklar – xullas, har qanday «kichkina» narsalar.
- Rasm uchun romchalar, fotoalbomlar (agar eringizning o‘zi shu haqda so‘ramagan bo‘lsa).
- Kundalik daftarlar, bloknotlar, ruchkalar – xullas, hamkasblarga sovg‘a uchun beriladigan narsalar.
- Avtomobil uchun turli aksessuarlar (ayollar bu borada baribir to‘g‘ri tanlov qilolmaydilar).
Atir va boshqa pardoz vositalarini bu haqda umuman tasavvuri yo‘q, nima sovg‘a qilsalar shuni ishlatadigan erlarga (ya’ni 50 foiz erkaklarga) sovg‘a qilish mumkin.
Sovg‘a qilish mumkin…
1. Ekstremal sharoitda qo‘l keladigan predmetlar. Masalan, toza po‘latdan pichoqlar, yuz daraja issiqqa ham dosh beradigan o‘t oldirgichlar (erkaklar bunday sovg‘alarni do‘stlariga maqtanib yuradilar).
2. Antikvar buyumlar. Do‘kon, supermaket va bozorlarda odatdagi, hammada ham uchratish mumkin bo‘lgan narsalar sotiladi. Antikvariat do‘konlarda esa boshqa hech kimda uchramaydigan va eringizga sizdan boshqa hech kim sovg‘a qilishi mumkin bo‘lmagan narsalarni topasiz. Faqat eringiz bunday narsalarni tushunadigan va qadrlaydigan bo‘lishi kerak.
3. Musiqa, kitob yoki kinofilm. Eringizning bu boradagi qiziqishlarini sizdan yaxshi biladigan odam bo‘lmasa kerak. Faqat disklarni «qaroqchi nusxakash»lardan emas, lisenziyali do‘konlardan xarid qiling. Axir, siz sovg‘aga olyapsiz, sovg‘a esa qalbaki bo‘lishi mumkin emas.
4. Kiyimlar. Bunda o‘lcham, rang, bichim va stilda xato qilmasligingizga shubha yo‘q. Chunki eringizning didini yaxshi bilasiz. Faqat kerakli narsani taqdim eting. Qatorlashib turgan o‘n oltita bo‘yinbog‘ yoniga o‘n ettinchisini olgandan ko‘ra bir juft paypoq sovg‘a qilgan yaxshi.
Sovg‘ani sotib olgandan keyin bayramgacha sir saqlash yana bir muammo. Bordiyu sabringiz chidamay aytib qo‘yish yoki muddatidan oldin chiqarib berishingiz ehtimoli kuchli bo‘lsa, sovg‘ani ikkita oling. Ikkinchisini bayram kuni berasiz, bunisi haqiqiy syurpriz bo‘ladi.
O‘zingiz…
Albatta, sovg‘aning eng yaxshisi o‘zingiz bo‘lasiz. Har qanday erkak ham Yangi yilda yonida Yangi ayolni ko‘rishni istaydi (ta’kidlayman, «boshqa» emas, Yangi ayolni). Demak, imijingizni o‘zgartirish vaqti etdi. Soch turmagi va rangini o‘zgartirish, libosni yangilashda me’yorni unutmang. Erkaklar uchun so‘nggi urfdagi emas, aynan sizga yarashadigan libos yoqadi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi