19:22 / 29.12.2016
23 298

12 burj vakillarini tovuq yilida nimalar kutmoqda?

12 burj vakillarini tovuq yilida nimalar kutmoqda?

2017 yil – olovrang tovuq yili. Bu yil barcha burj vakillarini quvonchli o‘zgarishlar, yaxshi yangiliklar, yuksalishlar kutayapti, degan umiddamiz. E’tiboringizga bu borada muta[assislarning bashoratlarini havola etamiz.

Tovuq yilida 12 burj vakillarini nima kutmoqda?

Hamal

2017 yil hamal burji vakillari uchun kutilmagan sovg‘alarga boy yil bo‘ladi. Ish borasida o‘ta foydali shartnomalarni imzolash, qator do‘stlar, hamkorlar orttirishga erishasiz. Mehnatingizni qadrlashni boshlashadi. Agar oila qurmagan bo‘lsangiz, bu yil shunga jazm qiling. E’tiboringizni qozongan insonlar ichidan birini tanlang.

Omad va baxt boshingizni aylantirib, manmanlikka berilib ketmang. Bu yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Mehnat qiling. Yuzaga chiqasiz.

Savr

O‘tgan yildan buyon siz ichingizdagi g‘alayonni tindirishga, o‘zingiz bilan o‘zingiz kurashishga harakat qilib kelayapsiz. Omad yuz o‘girgan vaqtlar ham bo‘ldi, shunday emasmi? Agar mehnatlarim besamar ketdi, deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, adashasiz. Tinimsiz mehnatingiz rohatini tovuq yilida ko‘rasiz. Bu yil siz uchun sermahsul, omadli va quvonchlarga to‘la yil bo‘lishi kutilmoqda. Moddiy tomondan ham ayni yilda muammolar bo‘lmaydi. Atrofingizdagilarga yordam qo‘lini cho‘zing. Yaxshilik o‘n hissa bo‘lib qaytadi.

Javzo

Stress, xavotir, bezovtalik bu yilda sizni tark etadi. Uzoq vaqt charchagan asablaringiz, nihoyat dam oladi. Eng muhimi, o‘zingizni boshqarishni o‘rganing. Yaqinlaringizning siz haqingizdagi havotirlarini to‘g‘ri tushuning. Ishdagi muammolar, qaltis vaziyatlar, asabbuzarliklarga sabab bo‘ladigan vaziyatlarda o‘zingizni tuta biling. Bu yilda kasb o‘zgartirish, ko‘chmas mulk sotib olish uchun juda qulay. O‘zgarishlar bo‘lishi tabiiy. Mutaxassislar 2017 yilda ichki sezgiga quloq solib ish tutishingiz lozimligini aytishmoqda.

Saraton

Bu burj vakillari sarguzashtlarni xush ko‘rishadi. Agar ba’zi narsalardan kecha bilsangiz, oxirgi o‘n yil ichidagi katta yutuqlarga erishasiz. Yoningizdagi yo‘ldoshingizga e’tiborli bo‘ling. Uning siz uchun amalga oshirgan har bir harakatini qadrlang. Aks holda marraga bir o‘zingiz eta olmaysiz.

Asad

2017 yil siz uchun yaxshi ma’noda sinov yili, deyish ham mumkin. Pul, muhabbat, ishdagi o‘sish borasida qator sinovlarga duch kelishingiz kutilmoqda. Barchasida omadingiz kelgan vaqtda nima qilishingizni bilmay, karaxt holda qolishingiz ham mumkin. Rejalarni amalga oshirishga ulgurish, mumkin bo‘lgan narsalarni deb keraklilaridan voz kechmasligingiz lozim. Shu sababli, hayotda o‘zingiz uchun eng muhim omillar ketma-ketligini tuzib oling. Agar bu tanlovda adashsangiz, vaqt va ishonchni yo‘qotib qo‘yishingiz mumkin.

Sumbula

Sumbula burji ostida tug‘ilgan kishilar tovuq yilida muhabbat, oila, munosabatlar mavzusiga urg‘u berishlari lozim ekan. Agar juftingiz bo‘lmasa, uni toping. Bordiyu, umr yo‘ldoshingiz bo‘lsa, o‘rtangizdagi munosabatlarni yanada yaxshilashga intiling. Mutaxassislar odatda sumbula burji vakillari ko‘plab boshqa burjda tug‘ilgan kishilar bilan oila qurishlari mumkinligini aytishadi. Biroq bu munosabatlarda chegaralash bo‘lishi kerak emas. Sumbula burji vakillariga ularni chegaralashga uringan kishilar to‘g‘ri kelmaydi, bunday oila mustahkam bo‘lmaydi. Shuni unutmang. Kiyimlaringizni yangilang. Ijodiy ishlaringizda katta yutuqlarga erishishingiz mumkin.

Mezon

Bu yil oila qurishingiz, farzandli bo‘lishingiz, ukali, singilli bo‘lishingiz lozim. Sezib turganingizdek, bu yilda oilangiz safiga yana bir kishi qo‘shilishi kutilyapti. Ayni yilda shaxsiy hayot mavzusi birinchi o‘ringa chiqadi. Biroq barcha e’tiborni shunga qarataman deb, ish va kasbiy mahoratingizga putur etkazib qo‘ymang.

Aqrab

Bu yil mablag‘ jamg‘arishga e’tibor qarating. Buning uchun siz katta kuch sarf qilishingiz va tinimsiz mehnat qilishga tayyor bo‘lishingiz lozim. Agar “Hamma e’tibor shunga qaratilar ekanda”, deb xavotirga tushayotgan bo‘lsangiz, sizga ohistagina aytadigan sirimiz shundaki, o‘zingizni egallagan kasbingiz nuqtai nazaridan ko‘rsata biling. Shaxsiy munosabatlarda avval tanish bo‘lgan inson u haqidagi fikringizning o‘zgarishiga, notanish inson esa yuragingizga kirib borishga muvaffaq bo‘ladi.

Qavs

2017 yil siz uchun barcha ma’noda juda omadli yil. Shaxsiy hayotingiz iziga tushadi. Agar ish joyingizda muvaffaqiyatsizlikka duch kelsangiz, bu boshqa kasbni egallash yoki ish joyini o‘zgartirishingiz lozimligiga ishora, deb biling. Tavakkal qilishga qo‘rqmang.

Jadiy

Hayotingizni butunlay o‘zgartirib yuboradigan insonni uchratasiz. Qo‘rqmang. Avval sizga daromad keltirmagan ishlaringiz bilan shug‘ullaning. Endi ular yordamida pul topishingiz mumkin. Agar oila qurgan inson bo‘lsangiz, oilangiz haqida ko‘proq qayg‘uring. Chunki ish butun vaqtingizni band etadi. Juftingizga buni to‘g‘ri tushunishi lozimligini uqtirishga harakat qiling.

Dalv

Garchi o‘zingizga sezilmayotgan bo‘lsada, o‘tgan yili xarakteringizda qator o‘zgarishlar paydo bo‘ldi. Shu sababli bu yil kelajagingiz bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilishda biroz qiynalasiz. Sizni “agar, bunday bo‘lsachi, unday bo‘lmasachi?” qabilidagi savollar, ikkilanishlar qiynaydi. Ikkilanish sizni charchatadi. Shaxsiy hayotingizda ham yoki omad keltiruvchi, yoki baxt beruvchi kishilardan birini tanlashingizga to‘g‘ri keladi.

Hut

Hutlar qo‘rquvni engganlariga o‘zlarini ham atrofdagilarni ham ishontirishga urunishda davom etmoqdalar. 2017 yilda ham bu jarayon qisman davom etadi. Mutaxassislarning fikricha, bu ularni yanada kuchli, qat’iyatli bo‘lishga undaydi. Bu yil rahbar bo‘lishingiz yoki o‘z ishingizni ochishingiz mumkin. Yolg‘iz qolishni juda-juda istagan mahallarda ham yoningizdagi umr yo‘ldoshingizni o‘zingizdan uzoqlashtirishga urinmang. Ha aytgancha, bu yil sayohatga borish imkoniyati ham tug‘iladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 12 burj vakillarini tovuq yilida nimalar kutmoqda?