Kayfiyatingiz yo‘qmi? Uyquga to‘ymayapsizmi? Hatto u yoki bu kasallik belgilarini his etasiz. Qo‘rqmang, siz dangasa ham kasal ham emassiz!
Bu odam ruhiyatiga salbiy ta’sir etuvchi mavsumiy holat – tushkunlikdir. Qishda quyosh yorug‘ligining etishmasligi tufayli inson ruhiyatiga kuchli ta’sir etuvchi tushkunlik holati ba’zida turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Qishning qorli kunlarida, hatto, tunlar ham oppoq nurga to‘lib, odam kayfiyatiga ajib xushnudlik baxsh etadi. Afsuski, mintaqamiz tabiatida bunday kunlar sanoqli bo‘ladi. Mavsum asosan bulutli kunlardan iborat.
Qishda odam ruhiyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillar ko‘payadi, deb ta’kidlaydi psixologlar. Tunlar uzayib kun qisqarishi, izg‘irin sovuqlar, bulutli, tumanli kunlar, bu ham etmaganidek biz odamlar ham issiqroq bo‘lish uchun qora, kulrang, jigarang kabi ranglarga burkanamiz. Bu holat kayfiyatni tushiradi.
Qishda ham ishchanlik va quvnoqlikni yo‘qotmaslikning yo‘li bor. Birinchi navbatda taomnomangiz meva va sabzavotlarga boy bo‘lishi, ayniqsa, sariq, qizil, yashil kabi ranglardagi mevalardan ko‘proq tanovvul qilishingiz kerak. Agar iloji bo‘lsa, choyshab, parda kabi matolarni ham shu rangdagisiga almashtiring. Axir bejizga rassomlar bu ranglarni baxtiyorlik ramzi deb atamaganlar.
Yana bir maslahat: uyquga yotishdan dahshatli filmlarni ko‘rmaganingiz ma’qul. Ko‘proq toza havoda sayr qiling. Shunda yaxshi kayfiyat o‘zi sizni qidirib topadi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi