
Ko‘p hollarda Apple qurilmalari foydalanuvchilari Android-smartfonlarga o‘tib olishadi. Bunda duch kelinadigan asosiy muammolardan biri – oldingi gadjetda saqlanayotgan kontaktlarni yangisiga ko‘chirib o‘tkazish. Keling, shuni qanday amalga oshirishni ko‘rib chiqamiz, deb yozadi Terabayt sayti.
- Buning uchun nima kerak?
Birinchi navbatda, Apple qurilmalarini o‘zaro sinxronizasiya qiladigan «bulutli» servis – iCloud’da akkauntingiz borligini tekshiring. Agar yo‘q bo‘lsa, albatta akkaunt ochib oling – bu ko‘p vaqt olmaydi, lekin mazkur xizmat juda asqotadi. - Kontaktlarni bitta faylga yig‘amiz
Demak, iCloud akkaunt yaratib oldik, endi veb-interfeys orqali «Contacs»ga kiramiz. U erda barcha kontaktlarni belgilab olib, keyin pastki chap burchakdagi «shesternya» belgichasini bosamiz. Qalqib chiqqan menyudan «export vCard» amalini tanlaymiz.
Shu tariqa biz qurilmamizdagi barcha kontaktlarimizni bitta faylga o‘tkazib oldik. - Android’ga uzatamiz
Endi mana shu vCard faylini o‘zimizning Android tizimli yangi smartfonimizga ko‘chirib olamiz. Buni turli yo‘llar bilan amalga oshirish mumkin: pochta orqali o‘zimizga jo‘natish, Bluetooth yoki USB-kabel orqali o‘tkazish va hokazo.
Endi qurilmamizda kontaktlar menyusiga kirib, mazkur vCard faylidan kontaktlarni import qilsak bo‘lgani.
Ko‘rib turganingizdek, mazkur amallar kontaktlarni ko‘chirishning juda oson, tez qilinadigan va ishonchli yo‘lidir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar