Qatronli sovun tarkibining 10 foizini qayin daraxtidan olingan qatron tashkil etadi. Ayni shu qatron tufayli bu sovun – «go‘zallik sovuni» degan nomga sazovor bo‘lgan, deb yozadi «Daryo» nashri.
Qatronli sovun yuz terisini tozalashda va yallig‘lanishni quritishda ishlatiladi. U yuz terisidagi husnbuzarlarga qarshi kurashishda, dezinfeksiya qilishda va teri yallig‘lanishiga tez barham berishda tengi yo‘q vosita hisoblanadi.
Qatronli sovundan muntazam ravishda foydalanish natijasida yuz terisi quruq bo‘lib va tortishib qolgandek sezilishi mumkin. Bu muammoni yuvingandan so‘ng namlovchi krem surish orqali bartaraf etsangiz bo‘ladi.
Sovun bilan yuvinishda iliq suvdan, chayqashda esa sovuq suvdan foydalanish tavsiya qilinadi.
Qatronli sovun nimjon va shikastlangan sochlar uchun juda foydali. 1 haftada 1-2 marta shampun o‘rnida ishlatish – soch to‘kilishining oldini olishga va soch ildizini mustahkamlashga yordam beradi. Bundan tashqari, bu sovun qazg‘oqqa qarshi kurashishda ham foydali vosita hisoblanadi.
Qatronli sovunning faqat bir xususiyati sizga yoqmasligi mumkin. Bu – uning hidi. Bu muammoni 1—2 tomchi efir yog‘i qo‘shilgan chayqaydigan balzamdan foydalanish yo‘li bilan bartaraf etsa ham bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi