18:34 / 04.02.2017
7 759

Kayfiyatimizga ichaklar qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Kayfiyatimizga ichaklar qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Ichaklarda bosh miya bilan bevosita aloqa bog‘lab turuvchi ko‘plab peptidli va oqsilli shakllar ishlab chiqiladi.

Shuning uchun bizning kayfiyatimiz va hissiyotlarimiz ichki a’zolarimizdagi o‘zgarishlar bilan uzviy ravishda bog‘liqdir.

Shuningdek, ichaklar ichki a’zolar holatini qayd etib boruvchi a’zo hisoblanadi. Ichaklarning asosiy afzalliklaridan biri – uning har doim voqealar markazida bo‘lishi.

Ichaklar bizning oxirgi egan ovqatimiz zarrachasigacha xabardordir, xotiramiz va hissiyotlarimiz ularning faoliyati bilan bog‘liq.

Ichaklar har kuni bosh miyaga ichki a’zolarda yuz berayotgan hodisalar to‘g‘risida katta hajmda ma’lumot berib turadi. Bu ma’lumotlar bosh miyaning har xil bo‘limlarida qayd etib boriladi.

Sayyor asab – bosh miya va ichaklar o‘rtasidagi aloqaning eng tez va ishonchli vositachisi vazifasini bajaradi. Ma’lum bo‘lishicha, asab harakatini tezlashtirish yo‘li bilan qo‘rquv yoki qoniqish hissiyotini boshqarishning iloji ham bor ekan, demak depressiyaga qarshi kurashib kayfiyatni yaxshilash mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kayfiyatimizga ichaklar qanday ta’sir ko‘rsatadi?