Yirik jingalaklar

Jingalak sochlar klassik soch turmagi bo‘lishiga qaramasdan, har doim ham sizni go‘zallik qirolichasiga aylantirmaydi. Bunday sochlar yoshlarga ko‘proq yarashadi, shuning uchun yoshingiz 17 dan ancha oshgan bo‘lsa, zamonaviyroq soch turmagi tanlaganingiz ma’qul.
Tabiiylikdan uzoq malla sochlar
Bunday malla sochlar faqat tabiatan berilgandagina yarashadi. Qolganlarni esa juda soddalashtirib qo‘yadi.
Qalin va tekis chyolka
Tekis, qalin chyolka agressiv, qolaversa, zamondan orqada qolgandek ko‘rinish beradi.
Sariq blond
Sariq blond juda jo‘n ko‘rinishi va kishiga chiroy bag‘ishlamasligi haqida ko‘p ta’kidlanishiga qaramasdan, hatto yulduzlar ham bu xatoga yo‘l qo‘yib turadi. Tabiiyroq yoki sovuq blondni tanlashni tavsiya etamiz.
To‘g‘ri farq ochish

Kishining yuzi asimmetrik bo‘lib, to‘g‘ri farq ochish orqali bunga yana ham ko‘proq urg‘u beramiz. Olimlar inson yuzining chap tomoni ko‘proq jozibador bo‘lishini ta’kidlaydi. Shuning uchun chap tomondan farq ochib yurishga harakat qiling.
Manba: Daryo.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar