18:32 / 10.02.2017
14 108

Uy sharoitida qo‘l terisini parvarishlaymiz

Uy sharoitida qo‘l terisini parvarishlaymiz

Uyda mavjud bo‘lgan vositalar yordamida qo‘l terisini parvarish qilish yo‘llarini ko‘rib chiqamiz.

1. Qo‘lingizni iliq suvda namlovchi sovun bilan yuving. Uncha katta bo‘lmagan idishni iliq suvga to‘ldiring, bir necha tomchi zaytun yog‘i qo‘shing va qo‘lingizni 5 daqiqa davomida idish ichiga qo‘yib turing.

2. 2 osh qoshiq shakar yoki tuzga bir necha tomchi zaytun yog‘ini aralashiring va 2 daqiqa davomida qo‘llaringizni bir-biriga ishqalang.

3. Yumshoq mochalkaga biroz namlovchi sovun suring va qo‘lingizning har ikkala tomoniga aylanma harakatlar bilan ishqalang. Iliq suvda yuving.

4. Qo‘lingiz namligini saqlagan holda toza sochiq bilan sal arting.

5. Qo‘lingiz terisiga loson suring va issiq ho‘l sochiq bilan o‘rab qo‘ying.

6. Atirgul suvi bilan yengil uqalang.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uy sharoitida qo‘l terisini parvarishlaymiz