Yugurish haqiqatan ham foydalimi?

Yugurish haqiqatan ham foydalimi?
Yugurish haqiqatan ham foydalimi?

«Ertalab yugurishni boshlasang, sog‘lig‘ing yaxshilanadi!» – deb ta’kidlaydi sog‘lom yashash tarzi tarafdorlari. Lekin yugurish shunchalik foydalimi? Daryo nashri bu savolga shubha bilan yondashishga va bu haqdagi har xil uydirmalarni yo‘qotishga qaror qildi.

1-uydirma: yugurish yurakni mustahkamlaydi

Aslida esa: yurak muskullari – organizmdagi eng chiniqqan muskullardan biri. Uni yanada ko‘proq chiniqtirishning iloji yo‘q.

2- uydirma: yugurish yurak-tomir kasalliklarining oldini oladi

Aslida esa: yugurish tomirlarni toza saqlash uchun yetarli bo‘lgan miqdorda gormonlar ishlab chiqarishni ta’minlay olmaydi va bundan tashqari sport zalida tosh ko‘tarish bilan ham shug‘ullanish zarur.

3-uydirma: yugurish kaloriyani sarflagani uchun semirishdan saqlaydi

Aslida esa: agar ovqatlanish me’yoriga va rejimiga rioya qilinmasa yugurishning hech qanday foydasi bo‘lmaydi.

4-uydirma: yugurish endokrin tizimi faoliyatini yaxshilaydi

Aslida esa: haqiqatan ham yugurish endokrin tizimini yaxshilaydi. Lekin sekin yugurish bilan bunday natijaga erishish qiyin.

Yugurishning zarari

Yugurish oqibatida oyoq sohasiga og‘irlik zarbasi kelib tushadi va boldir muskullari aziyat chekadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar