Saratonning so‘nggi bosqichidagi bemorlarni ularni uyquga ketkizish orqali samaraliroq davolash mumkin. Yangicha davolash usuli haqida italiyalik radiolog Marko Dyurante Amerika fan taraqqiyoti jamiyatining uchrashuvi doirasida so‘zlab berdi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Uning fikricha, onkobemorlarni sun’iy gibernasiya qilish radioterapiyaning salbiy ta’sirlaridan himoyalashi va o‘simtaning o‘sishini to‘xtatishi mumkin. Dyurante jonivorlarda o‘tkazilgan ko‘p yillik tajribalardan so‘ng ana shunday xulosaga keldi.
Uzoq vaqt sovuq ta’siriga tushirilgan odamlar gibernasiyaga tushishgan - ularning yurak urishi sezilmagan, tana harorati 2-3 barobarga pasaygan. Biroq shifokorlarning yordamidan keyin ular salomatligiga jiddiy ziyon etmagan holda qayta o‘zlariga kelishgan.
Davolashning bunday usuli shifokorlarga bemorga ziyon etkazishga qo‘rqmay, radiasiyaning yuqori dozalarini qo‘llash imkonini beradi. Hozircha tajriba faqat kalamushlarda o‘tkazildi va u muvaffaqiyatli kechdi. Agar ushbu tajriba usuli barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tsa, keyingi 10 yil davomida odamlarni davolashda qo‘llaniladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi