Kichik odatlarni bajarish bir-necha daqiqa vaqtingizni olsa ham yashash tarzingizni yaxshi tomonga o‘zgartirishga katta yordam beradi.
Bugundan boshlab hayotga tatbiq etishingiz lozim bo‘lgan 10 ta oddiy va samarali qoidalarni havola etamiz:
1. Tunda uxlashdan oldin o‘zingizga «meni ertalab soat _ da uyg‘ot» degan buyruq bering. Ertalab budilnik jiringlamasdan avval uyg‘onishingiz aniq.
2. Agar bu ish bermasa, qo‘l telefoniga turish vaqtini belgilang va karavotingizdan uzoqroq joyga qo‘ying. Jiringlagan telefonni o‘chirish uchun joyingizdan turishga majbur bo‘lasiz va tamoman uyg‘onasiz.
3. Ertalab uyqudan turganingizdan keyin bir piyola suv iching.
4. Tishingizni tozalagandan so‘ng oynaga kulib qarang va «seni yaxshi ko‘raman» deb ayting.
5. Ko‘proq piyoda yuring. Bu sizga yaxshilab o‘ylashga va muammolarni hal etish yo‘llarini topishga yordam beradi.
6. Agar kayfiyatingiz yomon bo‘lsa va sizga nimadir etishmayotgandek tuyulsa, shukur qiling. Darrov yengil tortasiz.
7. Sokin joyda o‘tiring va 10—20 daqiqa davomida hech narsani o‘ylamasdan, diqqatingizni faqat nafas olish va nafas chiqarishga qarating.
8. Birinchi navbatda eng muhim ishlarni bajaring. Ishga kirishishdan oldin qilinadigan ishlarning birinchi darajalilarini aniqlab oling va eng asosiysidan boshlang.
9. Har kuni kimnidir maqtang. Chin ko‘ngildan aytilgan bu maqtov sizda «baxt gormonlari» ishlab chiqarilishini ta’minlaydi.
10. Sport bilan shug‘ullaning. Bu sizning sog‘lom va farovon hayotingiz garovidir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi