Jismoniy qarish – qaytarib bo‘lmaydigan jarayon. Daryo nashri hayotimizdagi barvaqt qarishga olib keladigan omillardan qutulishning yo‘llari haqida maqola chop etdi.
Stress
Muntazam ravishda bezovtalik, xavotir yoki stress terida o‘z izini qoldiradi. Bundan tashqari, stress miyani ham qaritadi, qon bosimini oshiradi va uyquni buzadi.
Ish joyida hayajon va xavotirni kamaytirishga yordam beradigan bir nechta oddiy usullar bor. Masalan, iste’moldagi kofein miqdorini biroz kamaytiring, ovqat hazm qilish tizimiga og‘irlik qiluvchi taomlardan voz keching va kayfiyatni ko‘tarish uchun ish vaqti boshlanishidan oldin sportning biror turi bilan shug‘ullaning.
Uyquga to‘ymaslik
Me’yoridan kam uxlash vaznning ortishiga, immun tizimining buzilishiga, diqqatning pasayishiga va xotiraning pasayishiga olib keladi.
Shuning uchun bir sutkada 7—9 soat uxlashga harakat qiling.
Quyosh nurlari
Quyosh nurlari ostida ko‘p yurish teri hujayralari va qon tomirlarini kuchsizlantiradi, terini yupqalashtiradi.
Chekish
Chekish yurak xastaliklarini, yuqori qon bosimini va o‘pka saratonini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, muntazam ravishda chekish teri kasalliklarining paydo bo‘lishiga va kollagenning parchalanishi natijasida yuz, bo‘yin va elka terisining bevaqt qarishiga olib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi