Banan — bu dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida eng ommabop va oddiy mevalardan biri hisoblanadi. Yuqori ozuqaviy ahamiyatga ega va tarkibi ko‘plab mikrominerallar va antioksidantlarga boy bo‘lgan banan sog‘liq uchun foydali meva deb hisoblanish huquqiga ega.
Bananlarning kaloriyasi
Og‘irligi 120—140 g bo‘lgan o‘rtacha kattalikdagi pishgan banan taxminan 100—120 kilokaloriyani tashkil qiladi. Uning tarkibini 25—30 gramm uglevod, 1,5 g oqsil va 0,5 g o‘simlik yog‘i tashkil qiladi.
Banan tarkibidagi pektinlar tufayli uning kaloriyasi va shakar organizm tomonidan asta-sekinlik bilan hazm qilinadi.
Vitaminlar va minerallar tarkibi
O‘rtacha kattalikdagi bitta banan modda almashinish uchun muhim bo‘lgan B6 vitamini sutkalik normasining 25—30 foizini, C vitamini normasining 12—15 foizini, marganes kunduzgi ehtiyoj normasining 16 foizini, kaliyning 12 foizini va magniyning 8 foizini qoplaydi.
Banan tarkibiga katexina va dofamin kabi antioksidantlar ham kiradi. Dofamin miyaga borib tushmasa ham, erkin radikallardan muvaffaqiyatli ravishda himoya qiladi.
Bananlar parhezli hisoblanadimi?
Tarkibidagi kraxmallar va kletchatkalar tufayli to‘yimli bo‘lgan va mikrominerallarga boy hisoblanuvchi banan parhezli nonushta uchun eng yaxshi variant hisoblanadi. Asosiysi — bir kunda bitta o‘rtacha kattalikdagi banan eyish tavsiya qilinadi.
Bananlarning zarari
Ichaklari nosog‘lom bo‘lgan kishilarga kasallikni chuqurlashtirmaslik uchun banan eyish tavsiya etilmaydi. O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, banan ba’zi odamlarda allergiyaga va qorin dam bo‘lishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Manba: «Daryo» “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
NATO rahbariyati g‘arbdagi yirik kompaniyalarni urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
Jenna Ortega, Zendaya va yosh bo‘lishiga qaramay Gollivudni zabt etgan aktrisalar
AQSH Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi