08:07 / 18.03.2017
13 535

Ham ishga, ham o‘tirishga kiyish mumkin bo‘lgan kiyim-kechaklar

Ham ishga, ham o‘tirishga kiyish mumkin bo‘lgan kiyim-kechaklar

Maqolada ham ishxonada o‘rinli bo‘ladigan, ham bayramlar uchun mos keladigan kiyim-kechaklarni to‘pladik.

To‘rli futbolka ko‘ylak

Qora futbolka ko‘ylak (ko‘ylakdek kiyib yurish mumkin bo‘lgan uzun futbolka)ning o‘zi juda zerikarli. Ammo unga to‘r ulansa, uni kiyib bemalol ziyofatlarga ham borish mumkin. Ishda esa uni odmi jaket bilan kiyish mumkin.

Universal qora ko‘ylak

Bunday ko‘ylakni sipo tufli bilan ofisga, baland poshna bilan ziyofat oqshomlariga, shuningdek, oddiy krossovka bilan ko‘chaga kiyish mumkin.

Par-parli oq tunika

Oq bluzka — ofis dresskodi doirasidagi mukammal top. Shu oq koftaning o‘zi, agar unda burma hoshiyalar bo‘lsa, hatto sipo qora shim bilan birgalikda ham tantanali ko‘rinish bag‘ishlaydi.

Baxmal ko‘ylak

To‘q ko‘k baxmal matodan tikilgan midi uzunligidagi ko‘ylakning o‘ziyoq bashang ko‘rinadi. Shuningdek, to‘q rangi va bichimi uning ishxona uchun ham munosibligini ta’minlaydi.

Kombinezon

Kombinezon dresskodga mos bo‘lishi uchun, uzun engli va keng shimli bo‘lishi kerak. Agar bu ofisingiz uchun o‘ta «yengiltak»lik qilsa, uni qora pidjak bilan kiying.

Yaltiroq tangachali jaket

Bu kiyim, albatta, ofis uchun mos kelmaydi. Ammo alohida vaziyatlarda maxfiy qurol bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ushbu jaketni o‘zingiz bilan ishxonaga olib keting va ziyofatga ketishdan oldin elkangizga tashlab oling.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ham ishga, ham o‘tirishga kiyish mumkin bo‘lgan kiyim-kechaklar