13:03 / 20.03.2017
16 633

Ingliz tili bo‘yicha so‘z boyligini oshirish uchun kitoblar

Ingliz tili bo‘yicha so‘z boyligini oshirish uchun kitoblar

Hech kimga sir emaski, qandaydir til bo‘yicha lug‘at boyligini oshirishning eng yaxshi usuli o‘sha tilda yozilgan kitoblarni o‘qish. Sizga ingliz tilidagi qanaqa kitoblarni o‘qishingiz kerakligini aniqlashda yordam beradigan ba’zi mezonlarni to‘pladik.

Qanday mezonlarni hisobga olishingiz kerak?

Yoshingiz va bilim darajangiz

Keng lug‘at boyligiga ega bo‘lmagan va barcha grammatik konstruksiyalarni bilmaganlar uchun oddiy bolalar hikoyalari foydali bo‘lishi mumkin. Jiddiy leksikali ilmiy-ommabop romanlar esa o‘rtacha va yuqori bilim darajasiga ega bo‘lgan kishilar uchun to‘g‘ri keladi.

Ingliz tilini o‘rganishdan maqsadingiz

Agar ingliz tilini ish uchun o‘rganayotgan bo‘lsangiz, kasbiy adabiyotlarni tanlang. O‘z lug‘at boyligingizni muloqotda ishlatiladigan iboralar bilan to‘ldirishingiz kerak bo‘lsa, tanlovingizni zamonaviy nasrga qarating.

Kitob janri

Avvalambor, o‘zingiz uchun qiziqarli bo‘lgan kitoblarni tanlang. O‘qish sizga nafaqat foyda keltirishi kerak, balki bundan huzur-halovat ham olishingiz zarur. Ammo shuni ham hisobga olingki, yangi va murakkab so‘zlar ko‘p uchraydigan fantastik va tarixiy detektivlardan ko‘ra, oddiy dialoglarga boy zamonaviy nasrni o‘qish osonroq bo‘ladi.

Matnning qiyinlik darajasi

Ingliz tilidagi kitob sizga bilim orttirishda foyda berishi uchun, u o‘ta qiyin ham, o‘ta oson ham bo‘lmasligi kerak. Bitta sahifada o‘rtacha 10 tadan ko‘p bo‘lmagan notanish so‘zlar uchrashi kerak (yaxshisi, 3—5 ta). Shunda siz matnning ma’nosini tushunasiz va o‘qishga qiziqishingiz so‘nmaydi.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ingliz tili bo‘yicha so‘z boyligini oshirish uchun kitoblar