11:21 / 22.03.2017
9 032

Fastfud sog‘liqqa zarar etkazmasligi uchun nima qilish kerak?

Fastfud sog‘liqqa zarar etkazmasligi uchun nima qilish kerak?
Aytaylik, bugun siz haddan tashqari charchaganingiz uchun ovqat pishirmaslikka va fastfudlar bilan tamaddi qilishga qaror qildingiz. Sizga qanday qilib sog‘liqqa zarar keltirmasdan gamburger, xot-dog va shaurmalarni eyish borasida bir necha maslahatlar bermoqchimiz.

To‘g‘ri joy tanlang

Birinchi qiyinchilik – siz ovqatlanmoqchi bo‘lgan joyni tanlash. Bu erda gamburger o‘rniga go‘sht, sabzavot va qora nonli sendvich bo‘lsa yana ham yaxshi bo‘lar edi.

Porsiyaning katta-kichikligiga e’tibor bering

Ko‘pchilik iste’mol qilayotgan yog‘ va uglevodlar miqdoriga e’tibor qilmaydi. Shuning uchun hech bo‘lmasa aynan porsiyaning kattaligiga e’tibor bering: agar siz katta idishda zaytun yog‘i qo‘shilgan sabzavotli salat olsangiz o‘lchamidan qat’iy nazar, kaloriya uncha katta bo‘lmaydi.

O‘rtacha kattalikdagi gamburgerni tanlang, uni kola yoki boshqa gazli ichimliklar bilan emas, balki choy yoki suv bilan esangiz bo‘ladi.

Birini tanlang

Zararli ovqatni foydaliroq yoki hech bo‘lmasa yog‘sizrog‘iga almashtirishga harakat qiling. Masalan, uch xil turdagi go‘shtli pissaning o‘rniga sabzavotlisini, katta shaurmaning o‘rniga esa sabzavotli «tvister» olishingiz mumkin.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Fastfud sog‘liqqa zarar etkazmasligi uchun nima qilish kerak?