
O‘zingizdek bo‘ling
Agar o‘zingizdan qoniqib yashasangiz, har qanday vaziyatda ham xotirjam va baxtli bo‘lasiz, odamlar sizga havas qilishadi. O‘zingizga ishoning va sodiq bo‘ling. Shaxsiyatingiz ustida ishlang va bu sizning tabiiy yoqimliligingizni oshiradi.
Aql bilan eng
Teringiz holati qanday ovqatlanishingizga bog‘liq. Teringiz sog‘lom barq urishi va hayotiy kuchga to‘lishi uchun kerak bo‘ladigan barcha foydali moddalar bilan uni «parvarishlang».
Muntazam ravishda jismoniy mashqlar bajaring
Tanangiz mushaklarini tonusda tutib turish uchun hatto bir haftada uch marta yarim soatdan sayr qilish ham etarli bo‘ladi. Mashqlar bajarish esa tanani taranglashtirishga, uning elastikligini oshirishga yordam beradi.
Sochlaringizni parvarishlang
Sochlaringiz siz g‘ururlanadigan asosiy predmetga aylanishi kerak. To‘g‘ri parvarishlash ularning yumshoq, egiluvchan va yaltiroqligini ta’minlaydi.
Yurishingizga e’tibor bering
Tanangizdagi oddiy o‘zgarish qiyofangizni yaxshilaydi, bundan tashqari beldagi og‘riqni va zo‘riqishni yo‘qotadi.
Manba: «Daryo» “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing